Venesuela: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Venesuela_info}}
'''Venesuela''' (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (República Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim.dan Karib dengizi va Atlantika okeani b-nbilan oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km{{sup|2}}. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas shshahri. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug , 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan.
 
== Davlat tuzumi ==
V. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1999 y. 30 dek.dan kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 y. fevral dan Ugo Rafael Chaves Frias). U 6 y. gayilga saylanadi, ketma-ket ikkinchi marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy assambleya; u aholi tomonidan umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli b-nbilan 5 y. gayilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 15:
 
== Tarixi ==
Kadim zamonlardan V. hududida aravak, karib va b. mayda shevalarda gaplashadigan indeys qabilalari yashagan. Bu qabilalar ibtidoiy-jamoa tuzumining turli bosqichlarida boʻlib, ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik b-nbilan shugʻullangan. 1498 y. X. Kolumb V. sohillariga kirib kelgan. 1499 y. ispanlarning A. de Oxeda ekspeditsiyasi V. qirgʻoqlarini Marakaybo qoʻltigʻigacha tekshirganida indeyslarning suvda qoziqlar ustiga qurilgan turar joylarini koʻrib, bu diyorni V. (kichik Venesiya) deb atashdi. 16-a. boshlarida ispanlar V. ni bosib oldi. 1810 y. V. da mustaqillik uchun kurash boshlandi. Bu kurashga F. Mirando, keyinchalik S. Bolivar rahbar boʻldi. Natijada 1811 y. V. mustaqillikka erishdi. 1819 y. V. Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 y. dan V. — mustaqil davlat. 19-a. ning 2-yarmidan mamlakatga chet el kapitali suqilib kirdi. 1913 y.da neft konlari ochildi. Neft chiqarishning tez surʼatlar b-nbilan oʻsishi natijasida ishlab bsruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari paydo boʻldi, bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga hal qiluvchi taʼsir qildi. 1947 y. general Medina Angarita harbiy rejimi agʻdarilgach, atoqli yozuvchi Romulo Galegos mamlakat prezidenti boʻlib qoldi. Galegos hukumati chet el neft kompaniyalari daromadlaridan davlat foydasiga olinadigan soliqni koʻpaytirdi, bu kompaniyalarning faoliyatini cheklaydigan bir qancha tadbirlar koʻrdi, sanoatda davlat sektorini yaratish, agrar islohot oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ana shu tadbirlar, shuningdek V. ning siyosiy mustaqillikka erishish yUlidagi harakati chet el monopoliyalarining noroziligiga sabab boʻldi. 1948 y. noyab.da bir guruh zobitlar chet el monopoliyalari yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Peres Ximenes 1952 y.da mustabid diktatura rejim i oʻrnatdi. P. Ximenes hukumati davrida (1952—58) V. iqtisodiy asoratga tushdi. Biroq mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar birlashib, diktaturaga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardi va 1958 y. yanvarda Ximenes hukumati agʻdarildi. Bu gʻalaba natijasida mamlakatda demokratik yoʻldan borish, mehnatkashlarning eng muhim talablarini qondirish imkoniyati tugʻildi. Biroq prezident R. Betankur hukumati milliy mustaqillikni himoya qilish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kerak desada, amalda reaksion kuchlarga yon berish siyosatini yuritdi. R. Betankurning reaksion siyosatidan mamlakatdagi barcha siyosiy guruhlar norozi edi. 1963 y.dek.da saylangan prezident R. Leoni hukumati ana shuni hisobga olib, ichki va tashqi siyosatda juda ustalik b-nbilan ish tuta boshladi. Biroq bu siyosat oʻz mohiyatiga koʻra, millat manfaatiga zid siyosat boʻlganidan mamlakatda ilgʻor kuchlarning qarshiligi kuchaya bordi. 1968 y. aprel da hukmron "Demokratik harakat" partiyasida parokandalik roʻy berdi va u 1968 y. prezident saylovida magʻlubiyatga uchradi. 1968 y. prezident saylovida Sotsial-xristian partiyasining rahbari R. Kaldera gʻalaba qozonib, 1969— 74 y. lardagi muddatga davlat boshligʻi qilib tayinlandi. Shundan keyin ham V. da davlat prezidenti bir necha marta oʻzgardi. V. 1945 y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-nbilan diplomatiya munosabatlarini 1996 y. 26 aprelda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1811).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari: Demokratik harakat, 1941 y.da asos solingan; Xalq saylov harakati, 1967 y. da tuzilgan; Milliy konvergensiya, 1993 y.da asos solingan; Respublikachi demokratik ittifoq, 1946 y.da tuzilgan; Sotsial-xristian partiya, 1946 yda tuzilgan; Sotsializm uchun harakat, 1971 y. tuzilgan; V. Kommunistok partiyasi, 1931 y. tashkil etilgan; Radikal ish partiyasi; Beshinchi Respublika harakati, 1997 y. asos solingan; Soʻl inqilobiy harakat, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyushmalari: V. mehnatkashlari yagona markazi, 1963 y.da tuzilgan; V. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 y. da tashkil etilgan.
Qator 26:
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Iqtisodiy faol aholining 12 % ga yaqini shu sohada band. Yirik yer egaligi ustun. Yer maydonining 2% ga yaqini ishlanadi. Yaylov va oʻtloqlar 18%, boshqa yerlar 80%. K-x. mahsulotlari qiymatining yarmi dehkonchilikka toʻgʻri keladi. Ammo u mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Dehqonchilik asosan togʻ yon bagʻirlarida va dengiz sohillarida rivojlangan. And togʻlaridagi oʻrmonlarni kesish va yondirish yoʻli b-nbilan ham yer ochib dehkonchilik qiladilar. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kofe, kakao. Bundan tashqari kartoshka, dukkakli ekinlar, shakarkamish, sugʻoriladigan yerlarda paxta ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Karakas, Marakaybo atroflarida yirik sutchilik fermalari bor. Ammo aholining sutga boʻlgan ehtiyoji faqat 50 % qondiriladi. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi.
 
== Transporti ==
Qator 44:
Palma shohlari yopilgan kulbalar indeyslarning turar joylari boʻlgan. 16-a.dan boshlab ispanlar tomonidan shaharlar bunyod etila boshlandi. 18a. da V. shaharlarida binolar, asosan, shahar maydoni atrofida (barokko uslubida) qurildi. La-Guayra, PuertoKabelo, Karakas va b. shaharlarda ikki qavatli turar joy, savdo, maʼmuriy binolar hamda ibodatxonalar qurilishi avj oldi. 19—20-a. larda V. da Yevropa usulida qurilgan koʻp qavatli har xil meʼmoriy inshootlar qad koʻtardi. L. Urdaneta, R. Garema, G. Bermudes kabi meʼmorlar yetishdi. Qurilish, asosan, Karakasda rivojlandi. Lotin Amerikasining mashhur meʼmori K. R. Vilyanueva ishtirokida V. da un-t shaharchasi va b. binolar qurildi. Zamonaviy meʼmorlik temir-beton konstruksiyalar asosida rivojlandi.
 
V. hududida ispanlar bosib olgunga qadar indeyslar kulolchiligi va qoya rassomligi rivojlangan edi. 17—18-a. lar rassomligi va haykaltaroshligi asosan diniy harakterda. 19-a. boshlarida mahalliy portret sanʼati vujudga keldi (X. Lovera). 19-a. oʻrtalarida ozodlik harakatining taʼsirida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy haykaltaroshlik (M. Gonsales, E. Palasiosi-Kavelo) va rassomlik (M. Tovari-Tovar, A. Michelena) rivojlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida janrchi A. Michelena, romantik K. Roxas, manzarachi F. Brandt, impressionizm vakillari — E. Boggio, R. Monasterios kabi rassomlar ijod qildilar. V. sanʼatida realizm b-nbilan bir qatorda modernizm oqimlari ham tarqalgan.
 
== Teatri ==