Vulqon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:MtCleveland ISS013-E-24184.jpg|thumb|300px|[[Alaska]]dagi [[Aleut orollari]]da joylashgan Klivlend vulqonining [[Xalqaro fazoviy stansiya]]dan olingan surati (may, 2006).]]
[[File:Pinatubo ash plume 910612.jpg|thumb|300px|[[Filippin]]dagi [[Pinatubo]] vulqonidan [[vulqon kuli|kul]] 19 km balandlikka otilib chiqqan (1991).]]
'''Vulqon''' — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali [[lava]], issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan [[geologiya|geologik]] tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi b-nbilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Soʻnmagan vulqon geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzok. Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, oʻchgan vulqon Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim yarim oroli)da joylashgan.
 
Soʻnmagan vulqon otilish xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, vulqon, Gumbazli tiplariga boʻlinadi: