Dominika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k b-n →‎ bilan
Qator 11:
 
== Tarixi ==
Dominikani 1493 yilda X. Kolumb kashf etgan. Uzoq vaqt fransuzlar bilan inglizlar oʻrtasida talash boʻlib keldi. Parij shartnomasiga binoan 1763 yildan uzil-kesil Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1958— 62-yillarda VestIndiya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1967 yil 1 martdan "Buyuk Britaniya b-nbilan uyushgan davlat" maqomini oldi. 1978 yil iyulda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada Dominika konstitutsiyasi ishlab chiqildi va unga mustaqillik berish haqida qaror qabul etildi. Oʻsha yil 3 noyabrda Dominika mustaqilligi eʼlon qilindi. Dominika— 1978 yildan BMT aʼzosi. Milliy bay-rami — 3 noyabr— Mustaqillik kuni (1978).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Dominika leyboristlar partiyasi, 1985 yilda tuzilgan; Dominika mehnatkashlari birlashgan partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Dominika Ozodlik partiyasi, 70-yillarning boshlarida tuzilgan; Dominika taraqqiyparvar partiyasi, 1990 yilda asos solingan. Fuqaro xizmati ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1940 yilda tuzilgan; Dominika ishchilari birlashgan ittifoqi, 1960 yilda asos solingan; Dominika kasaba uyushmasi, 1945 yilda tuzilgan.