Ishsizlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni to'g'irladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Unemployment rate world from CIA figures.PNG|thumb|[[MRB]]ning dunyodagi ishsizlik darajasi maʼlumoti]]
'''Ishsizlik''' — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda I. tushunchasi rasman 1992 y. "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi b-nbilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998 y. 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).
 
I. inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.
 
Amaldagi iqtisodiy hayotda I. ish kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. I. sababi turlicha: texnika rivojlanish b-nbilan mehnat unumdorligi ortadi, i.ch. kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi; iqtisodiyot rivojlanishi bilann malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bulib, ishsiz qoladi.
 
I. sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. I. ning asosiy shakllari: friksion I. —turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti b-nbilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi. Tarkibiy I. — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi. Siklli I. — iqtisodiy tangliklar b-nbilan bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan I. Bu majburan ishsiz qolishdir. Mavsumiy I. — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi. Yashirin I. — rasman ish b-nbilan band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan haqberilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.
 
Ishsizlar ishlayotganlar b-nbilan bir qatorda mamlakat ish kuchini tashkil qiladi. Iqtisodiyotda I. muammosini oʻrganishdan asosiy maqsad aholining ish b-nbilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat (korxonalar) i.ch. ni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
 
Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar, balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar va yangi ish topishga harakat qilayotgan shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim. I.tarki-bi uning sabablariga kura ish kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar; birinchi bora ish qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro nisbatlari iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bogʻliq.