Yaponiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 10:
Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi. 30 ming km ga yaqin. Honshu orolning jan. sohili, Sekoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.
 
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku orolning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli r-nlardarayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
 
Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik ikdim. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.
Qator 27:
1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda oʻtkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoʻliga oʻtdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament taʼsis etildi.
 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894 yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shim. Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qoʻgarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avgustda Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa r-nlarinirayonlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi.
 
[[Birinchi jahon urushi|1-jahon urushi]] boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oʻz mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktyabrda Olmoniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina orollarini, shuningdek, Xitoyning Shanʼdun provinsiyasini u yerda [[Olmoniya]] ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha oʻlkalarni ishgʻol etib turdi. 1920 yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925 yilgacha davom etdi. 1925 yil 20 yanv. dan Yaponiya bilan sobiq SSSR oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926 yil 25 dekabrda Yaponiya taxtiga imperator Hirohito (1901—89) oʻtirdi. 1929—33 yillarda boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura oʻrnatishga intiluvchi oʻta reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936 yil 25 noyabrda Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"ni imzoladi. 1937 yil iyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938 yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qoʻshinlari shoʻro armiyasi tomonidan Hasan koʻli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSH ning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga oʻtdi. 1940 yil Hindixitoyning shim. qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentyabrda Olmoniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida "Uchlar pakti" imzolandi. 2-jahon urushida Olmoniya va [[Italiya]] ittifoqchisi sifatida qatnashdi.
Qator 45:
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).
 
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va h.k. qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy r-nrayon: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur r-nlardarayonlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.
 
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% qishloq xoʻjaligida band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, [[kartoshka]], sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib, dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga toʻgʻri keladi.
Qator 65:
 
== Meʼmorligi ==
Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryudzi monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boʻldi; 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanasi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinzyuku r-nidagirayonidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Satio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kendzo; Komadzava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kendzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.
 
== Tasviriy sanʼati ==