Beliz — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
k
{{Beliz_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Beliz''' (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan ya.o.ningyarim orolning jan.sharqida joylashgan. Maydoni 23 ming km². Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — [[Belmopan]] shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]] qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.
 
Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, jan. qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik temperaturasi 25°, 27°. Yiliga 2000&nbsp;mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shim.da — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.