Kvark: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Manbalar: kichik o'zgarishlar, replaced: {{reflist}} → {{manbalar}}
k b-n →‎ bilan
Qator 1:
'''Kvark''' [[materiya]] asosini tashkil etuvchi [[elementar zarracha]]dir. [[Lepton]] bilan birgalikda [[fermion]]lar oilasiga kiradi. Kvarklarning turli xillari birikib, [[proton]], [[neytron]] kabi zarrachalarni tashkil etadi (har bir zarracha uchta kvarkdan iborat boʻladi). Kvarklarning 6: [[yuqori kvark|yuqori]], [[quyi kvark|quyi]], [[mahliyo kvark|mahliyo]], [[gʻalati kvark|gʻalati]], [[ust kvark|ust]] va [[ost kvark|ost]] xillari mavjud.
 
'''Kvarklar''' (ing . quark — dudmal va sirli bir narsa) — adronlar guruhiga mansub hamma mezonlar, nuklonlar va giperonlarning har birining tarkibiy qismini tashkil etuvchi elementar zarralar va antizarralar. K. ning mavjudligi haqidagi farazni 1964 y.da bir-biridan mustaqil tarzda M. Gell-Mann va amerikalik fizik G. Sveyg olgʻa surgan. Bu soʻzni M. Gell-Man irland yozuvchisi J. Joysning "Finnegancha maʼraka" (1939) romanidagi afsonaviy maxluklarning nomidan olgan. Bugungi kunda K.ning 6 turi mavjud boʻlib, ular quyidagi belgilar b-nbilan ifodalanadi — i, d, s, s, t, b. K. va anti K.ning elektr zaryadlari elektron zaryadning -j yoki u qismiga teng va musbat yoki manfiy ishorali boʻlishi mumkin. Ularning spinlari 1/2 ga teng va Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunadi.
 
Har bir mezon bitta K. va bitta anti K. dan hamda har qanday nuklon va giperon uchta K.dan tashkil topgan. Koʻp yillik izlanishlarga qaramay, hech bir K. — xoh yengili, xoh ogʻiri hali biror marta erkin holda kuzatilmagan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>