Gazeta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:Q11032 sahifasida saqlanadigan 1 intervikini koʻchirdi
k b-n →‎ bilan
Qator 9:
G.da turli janr va uslublardan, ayniqsa axborot va b. publitsistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi; sharu,, suhbat (intervyu), taqriz va b. vositasida voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi; maqola, obzorlar va sharxlarda voqelik tahlil qilinadi; bulardan tashqari G.da lavha, ocherk, pamflet, felyeton kabi publitsistik janrlardan ham foydalaniladi; shuningdek unda gazetxon-larning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar, chizma va fotosuratlar bosiladi. G.ni bezatish oʻziga xos boʻlib, bu avvalo G. mazmunini gazetxonga qiziqarli va ommabop tarzda yetkazish, muhim xabar va fikrlarga ularning eʼtiborini jalb etishga qaratiladi. G. faoliyati bosh muharrir, boʻlimlar mudirlari, turli yoʻnalishdagi muxbirlar (reportyor, sharhlovchi va b.)dan iborat tahririyat tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Koʻpgina G.larning maxsus muxbirlari, mamlakatning ichida vaxorijiy davlatlarda oʻz muxbirlari boʻladi. G.lar faks, "Internet" tizimi, telefon va teleks vositalari orqali dunyoning turli chekkalaridan zud ax-borotlarni olib turadi.
 
G.ning ibtidoiy turi dastlab Rim-da — mil. av. 1-a.da (varaka va byulletiyeklar shaklida), Xitoyda 7-a.da ("Di bao" — "Poytaxt axboroti" nomi b-nbilan) chiqqan. Hoz. gazetalarning dastlabki turlari 16—17-a.larda Yevropada paydo boʻlgan. Ular xususiy shaxslar, ak-sariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari tomonidan nashr qilingan. Ilk G.lar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada boʻlgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, ti-jorat xabarlari bosilgan. 16-a.da Venesiyada yozma axborotlar uchun "gazetta" degan chaqa pul toʻlashgan (nomi ham shundan). 1631 y.da Parijda qirol Lyudovik XIII (1586—1653) ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar — Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda "La Gazzette" nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. Hoz. maʼnodagi "gazeta" termini mana shu nashr tashkil qilingach, soʻzlashuvda rayem boʻla boshlagan, degan fikr mavjud.
 
G.chilik 18-a.dan eʼtiboran, ayniqsa Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH mamlakatlarida taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda koʻplab ijtimoiysiyosiy yoʻnalishdagi kundalik G.lar paydo boʻldi. Mazkur davrda tarmoq, yaʼni soha G.lari ham tarkib topdi. Umumsiyosiy nashrlar qatoriga iqtisodiyot, tijorat, ilm-fan, adabiyot, sport va b. sohalarga ixtisoslashgan maxsus G.lar qoʻshildi. G.lar chiqarish bilan xususiy noshirlardan tashqari turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, firma va kompaniyalar ham shugʻullana boshladi. Shu tariqa G.lar turli siyosiy qarashlar, mafkuralar jarchisiga aylana bordi, uning paydo boʻlishi va ravnaq topishida ijtimoiy hayotning faollashuvi, ommada ijtimoiy axborotga ehtiyojning ortishi, savdo, sanoat va maorifning yuksalishi, bosmaxona anjomlari va qogʻoz i. ch.ning rivojlanishi, axborot toʻplash, uni qayta ishlash va tarqatish muassasalari tarmogʻining kengayishi va b. omillar muhim ahamiyat kasb etdi.