Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Switzerland Uzbekistan Locator (cropped).png|220px|right]]
'''Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlari''' — [[Oʻzbekiston]] bilan [[Shveysariya]] oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach (1992), 1993 yil maydan Toshkentda Sh.Shveysariya elchixonasi faoliyat yurita boshladi. Savdoiqtisodiy qamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan hukumatlararo bitimga muvofiq, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoda qulay shartsharoitlarni vujudga keltirish tartibi belgilandi. Savdoiqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Sh.Shveysariya hukumatlararo komissiyasi ishlamoqda. 2003 yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 217,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi dan Sh.gaShveysariyaga paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, xizmat va boshqalar eksport qilinadi. Sh.danShveysariyadan elektr va mexanik jihozlar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar keltiriladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik tufayli OʻzROʻzbekiston Respublikasi da Sh.Shveysariya sarmoyasi ishtirokida 77 korxona barpo etilgan. Ular orasida 57 qoʻshma korxona, Sh.Shveysariya sarmoyasi 100% boʻlgan 20 korxona bor. OʻzROʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Sh.ningShveysariyaning 33 firma va kompaniyasi vakolatxonalari roʻyxatga olingan. 1995 yildan Toshkentda "Kredi Sviss" banki vakolatxonasi ishlamoqda. 1995 yil yanv.dan Sh.ningShveysariyaning Altendorf shahrida OʻzRningOʻzbekiston Respublikasining Savdo koʻrgazma markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 2002 yildan Sh.Shveysariya elchixonasi huzurida hamkorlik boʻyicha Sh.Shveysariya byurosi ishlamoqda. U ijtimoiyiqtisodiy yoʻnalish boʻyicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bilan shugullanadi. Ikki mamlakat oʻrtasida astronomiya, fizika, biofizika, genetika, biokimyo, tarix, tibbiyot, ekologiya boʻyicha ilmiy loyihalar hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uni amalga oshirishda OʻzROʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, Oʻzbekiston milliy unti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy ishlab chiqarish markazi, shuningdek, Bern, Jeneva, Syurix, Davos, Lozanna untlari ishtirok etmoqda. Samarqand unti bilan Syurix, Bazeldagi untlar oʻrtasida gumanitar va tabiiy fanlar masalalari boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. 1999 yildan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston—Shveysariya" doʻstlik jamiyati ishlamoqda.
 
== Manbalar ==