Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor (3) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 91:
Atmosfera. Atmosfera yoki Ye.ning havo qobigʻi deganda „qattiq“ Ye.ni oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan gaz muhiti tushuniladi. Atmosferaning massasi, zichligi, qatlami tuzilishi, atmosferadagi dissotsilanish, ionlanish va b. haqida atmosfera maqolasida yoritilgan.
 
E.ning geografik poʻstida yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uchun asosiy energiya manbai, yaʼni Quyoshdan tarqaladigan elektromagnit nurlar Ye. sirtiga atmosfera orqali oʻtadi. Atmosfera rentgen va gamma-nurlar (qisqa toʻlqinli nurlar) ni yutib, biosferani zararli taʼsirlardan saqlaydi. Atmosferada karbonat angidrid va suv bugʻlari boʻlgani uchun Quyosh nurlanishi energiyasining 48 % Ye. sirtiga yetib keladi. Atmosferada bugʻ, tomchi va muz kristallari koʻrinishida (1,3—1,5)1016 kg suv bor. Atmosfera boʻlmaganda Ye. sirtining yillik oʻrtacha t-rasi — 23° boʻlar edi (aslida bu t-ratemperatura 14,8° ga teng).
 
Atmosfera kosmik nurlarning maʼlum qismini ham ushlab qolib, Ye.ni meteoritlar zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli kengliklarda atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi ham turlicha taqsimlanadi. Shu sababli umumiy atmosfera sirkulyasiyasi vujudga keladi. Suvning aylanib yurishi, yogʻin-sochin va ularning oqishi atmosfera sirkulyasiyasi bilan bogʻliq. Issiqlik almashinuvi, suvning aylanib yurishi va atmosfera sirkulyasiyasi iqlimni vujudga keltiradigan asosiy omillardir. Quruklik sirtida va suv havzalarining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera muhim rol oʻynaydi. Ye.da hayotning rivojlanishida atmosferaning oʻrni beqiyos.
Qator 107:
Yer yadrosi (urtacha radiusi 3,5 ming km cha) tashqi yadro hamda 1,3 ming km radiusli ichki yoki subʼyadroga bulinadi. Subʼyadroda seysmik toʻlqinlar deyarli bir xil tezlikda tarqaladi. Ularni bir-biridan kalinligi 300 km ga yaqin oraliq zona ajratib turadi.
 
„Qattiq“ Yerning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi. Ye. ichiga chuqur kirgan sari zichlik, bosim, ogʻirlik kuchi, moddaning elastikligi, qayishqoqligi va t-ratemperatura oʻzgarib boradi. Ye. Poʻstining oʻrtacha zichligi 2,8, choʻkindi qatlamniki 2,4—2,5, „granit“ qatlamniki 2,7, „bazalt“ qatlamniki 2,9 t/m3. Ye. poʻsti bilan mantiya chegarasida (Moxorovichich yuzasida) zichlik 2,9—3,0 dan 3,1—3,5 t/m3 gacha yetadi. Shundan soʻng zichlik asta-sekin orta boradi va yadroda birdaniga 10,0 t/m3 ga yetadi, keyin yana asta-sekin orta borib, Yer markazida 12,5 t/m3 ga teng boʻladi.
 
E. poʻsti va yuqori mantiyada t-ratemperatura chuqurlikka tomon koʻtarila boradi. Mantiyadan „qattiq“ Ye. ustiga tomon issiq oqim keladi; bu oqim Quyoshdan keladigan issiqlikdan bir necha ming marta kam.
 
Mantiyaning hamma joyida t-ratemperatura uning tarkibidagi materialning toʻla erish t-rasidan past. Materik Ye. poʻsti tagida t-ratemperatura 600—700° ga yaqin, Gutenberg qatlamida esa erish nuqtasiga yaqin (1500—1800°) boʻlsa kerak. Mantiyaning yanada chuqur qatlamlari va yadro haqida taxminan fikr yuritiladi. Yadroda t-ratemperatura 4000—5000° dan oshmasa kerak, koʻpchilik tadqiqotchilar fikricha yadro tarkibida temir va nikel metallari koʻproq, boshqalar fikricha mantiya va yadroning tarkibi bir xil, ammo ular xossalarining turliligi katta bosimda boʻladigan fazali oʻtishlarga bogʻliq.
 
Yuqori mantiyaning 700 km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari mavjudligi aniqlangan. Bu esa mantiyani tashkil etadigan materialning mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu t-raning yuqori boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, bundan ham kuchliroq. Ye. yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi moddaning metallik xossalaridan darak beradi.
Qator 121:
Mantiya asosan magniy va temirga boy ogʻir minerallardan iborat. Ulardan SiO2 bilan birikmalar vujudga kelgan. Substratda, forsterit (Mg2Si04) eng koʻp, undan chuqurda fayalit (Fe2Si04) ulushi orta boradi. Quyi mantiyada yuqori bosim taʼsirida bu minerallar oksidlar (SiO2, MgO, GʻeO)ga parchalanib ketgan deb taxmin qilinadi.
 
E. ichki qismlaridagi moddalarning agregat holati Ye. qaʼridagi yuksak t-ratemperatura va bosimga bogʻliq; agarda yuqori bosim boʻlmaganda mantiya erib ketardi, shu sababli butun mantiya qattiq kristall holatdadir; faqat Gutenberg qatlamida t-raning taʼsiri bosimdan kuchli boʻlganligi sababli uni amorf yoki qisman erigan xrlatda deb hisoblaydilar. Tashqi yadro suyuq (erigan) holatda boʻlsa kerak, chunki suyuklikda tarqala olmaydigan koʻndalang seysmik toʻlqinlar tashqi yadrodan oʻtmay qoladi. Ye. magnit maydonining paydo boʻlishi suyuq tashqi yadro mavjudligiga bogʻliq deb faraz qilinadi. Subʼyadro har holda qattiq boʻlsa kerak (uzunasiga tarqaladigan toʻlqinlar subʼyadro chegarasiga yaqinlashganda unda koʻndalang toʻlqinlar hosil qiladi).
 
Geodinamik jarayonlar. Ye. geosferalarining moddasi doimiy harakatda va oʻzgarishda. Suyuq va gazsimon qobiqda bu jarayonlar tez oʻtadi. Ammo Ye. kurrasining rivojlanish tarixining asosiy magʻzini deyarli qattiq moddadan tuzilgan ichki geosferalarning ancha sekin harakatlari tashkil etadi. Ye. ichida va yuzasida sodir boʻlayotgan jarayonlar 2 asosiy guruhga ajratiladi: ichki energiya (asosan, radioaktiv par-chalanish) taʼsirida vujudga keladigan endogen jarayonlar va Ye.ga tushadigan quyosh nuri energiyasi vujudga keltiradigan ekzogen jarayonlar. Endogen jarayonlar, asosan, chuqur geosferalar uchun xos. Ye. poʻstining quyi qismlarida, yuqori mantiya va yanada chuqurroqsa juda katta hajmdagi jismlarning koʻchishi, kengayishi, siqilishi, bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi, kimyoviy elementlarning koʻchishi (migratsiyasi), issiqlik va elektr toklarining sirkulyasiyasi va b. sodir boʻlib turadi. Ana shu jarayonlar taʼsirida yengil komponentlar ustki geosferalarda, ogʻir komponentlar chuqur geosferalarda toʻplana borgan. Endogen jarayonlar Ye. poʻstiga taʼsir etishi natijasida uning baʼzan qismlari vertikal hamda gorizontal yoʻnalishda siljiydi, Ye. poʻstining ichki tuzilishi deformatsiyalanadi va oʻzgaradi. Bularning hammasi tektonik jarayonlar boʻlib, bu jarayonlar namoyon boʻlgan joy tektonosfera deb ataladi. Tektonik jarayonlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda magmatik jarayonlar ham sodir boʻlib turadi, bu jarayonlar natijasida magma pastdan yuqoriga koʻtariladi va lava xrlatida yoriqlardan Ye. yuzasiga oqib chiqadi (vulkanizm). Tektonik deformatsiyalar (dislokatsiyalar) va magmaning singishi natijasida togʻ jinslari metamorfizm jarayoniga uchraydi — yuqori bosim va t-ratemperatura taʼsirida mineral ochiq tarkibi va strukturasi oʻzgaradi.
 
E. yuzasi va poʻstining yuqori qatlamlariga ekzogen jarayonlar ham taʼsir etadi. Togʻ jinslarning nurashi, yemirilgan togʻ jinslarini shamol va oqar suvlar olib ketishi, yer yuzasining daryo-soylar, yer osti suvlari, muzliklar tomonidan oʻzgartirib yuborilishi, quruqlikdagi pastliklarda, dengiz va koʻllarda toʻplanib qolib, keyinchalik choʻkindi togʻ jinslariga aylanishi ekzogen jarayonlardir.