Iqlim — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k
k
Yer yuzida I. sharoitlarining turlicha boʻlishiga asosiy sabab astronomik va tabiiy-geografik omillar hisoblanadi. Ular yer yuzidagi hodisa va ja-rayonlarga yo butunlay bogʻlanmagan yoki, asosan, endogen jarayonlar taʼsiri ostida juda sekin oʻzgaradi. Bu omillarning eng katta tafovutlari (mas, tropik va moʻʼtadil kengliklar oʻrtasida, qitʼalar va okeanlar oʻrtasida) havo oqimlarining umumsayyoraviy tizimini — atmosferaning umumiy dirkulyasiyasini yuzaga keltiradi. Bu oqimlar issiqlik va namni yer sharining bir qismidan ikkinchi qismiga koʻchiradi, atmosferaning turli vertikal qatlamlari boʻylab issiklik va nam almashinuvini vujudga keltiradi, bulutlar va yogʻinlar hosil qiladi yoki ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, atmosfera bilan faol qatlam oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni jiddiy oʻzgartiradi. Har bir joyda havo oqimlariga bogʻliq holda havo salqin yoki issiq boʻladi, yuqoriga koʻtariladigan yogʻinli havo oqimlari, yo boʻlmasa, te-padan pastga tushadigan quruq va iliq havo oqimlari koʻproq boʻladi. Issiqlikning dunyo okeanlarida turlicha taqsimlanishi va atmosfera dirkulyasiyasi tufayli dengiz oqimlarining paydo boʻlishi ham I.ni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Oqimlar okeanning turli qismlarida yo anomal is-siq, yoki anomal sovuq faol qatlam hosil qilib, shu orqali atmosfera dirkulyasiyasiga va bevosita dengiz ustida I. shakllanishiga taʼsir etadi.
 
Oʻrta Osiyo hududining atmosfera dirkulyasiyasida arktika, moʻʼtadil va tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu yerlarda yilning sovuq fasllarida moʻʼtadil mintaqa kontinental havo massalari ustunlik qiladi va, ayniqsa, siklon faoliyati jadallik bilan rivojlanadi. Bu esa qish faslining juda oʻzgaruvchan, odatda, seryomgʻir va koʻpincha, sovuq boʻlishiga olib keladi. Yilning sovuq boʻlmaydigan davrlarida Turon pasttekisligidagi choʻlning juda qizib ketishi tufayli past bosimli havo qatlami vujudga keladi. Bu yerga kirib kelayotgan havo oqimlari yer sirtidagi issiq toʻshamaning kuchli taʼsiriga duch keladi, ularda jadal oʻzgarishlar jarayoni yuz beradi. Natijada issiq va quruq Turon kontinental tropik havo oqimi vujudga keladi. Transformatsiya (havo oqimining oʻzgarishi) taʼsirida siklonli jarayonlar shu qadar sezilmaydigan dara-jada oʻtadiki, faqat t-ratemperatura qisman oʻzgaradi va bulutlar paydo boʻladi, nisbatan barqaror issiq va quruq obhavo vujudga keladi.
 
Oʻrta Osiyo hududidagi I.ning oʻziga xos xususiyati qurgʻoqchilikdir, bu esa hududning tabiiy namgarchilik maromi bilan bogʻliq. Namgarchilik maromining shakllanishida atmosfera yoginlarining ahamiyati katta. Yillik yogʻinning koʻproq qismi —30 —50% i bahorga, 30—35% i qishga va 15—20% i kuzga toʻgʻri keladi. Yoz oylarida yogʻingarchilik juda kam — yillik yogʻinning 5—10% ini, jan. hududlarda 2—3% ini tashki l qiladi. Yogʻinlarning fasllar boʻyicha notekis taqsimlanishi sovuq mavsumlarda siklon faoliyatining jadal rivojlanishi (ayniqsa, eng ser-yogʻin oylar —mart—apr.), yozda esa termik depressiya kuchayishi bilan bogʻliq. Yogʻinlar yildan-yilga oʻzgarib turadi, ayrim yillarda esa yogʻin oʻrtacha (koʻp yillik) yogʻinlar miqsoriga nisbatan 1,5—2 marta koʻproq (mas, 2002 yil bahorda Oʻzbekiston hududida shunday hol yuz berdi), qurgʻoqchilik yillarida esa 3—4 marta kam boʻladi. Yogʻingarchilikning oʻzgaruvchanligi, ayniqsa, quruq issiq oylarda kuchayadi, ayrim yillarda yozda yogʻingarchilik butunlay boʻlmay-di, ayrim yillarda esa bir necha kun ichida bir yillik yogʻin yogʻishi mumkin (q. [[Atmosfera yogʻinlari]]).
I.ni hosil qiluvchi ikkilamchi omillar ham boʻlib, ular quyidagilardan iborat: a) faol qatlamning al-bedosi va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan quruklikdagi qor va muzliklar hamda dengizlardagi muzliklar; b) faol qatlamning suv oʻtka-zuvchanligi, issiklik sigʻimi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, albedosi, gʻadir-budirligi, bugʻlatish qobiliyatini va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan oʻsimliklar (ayniqsa, oʻrmon) va tuproq qoplami.
 
Okeanlarda I.ning har bir elementa geografik kenglikning oʻzgarishiga, bir dengiz oqimi taʼsiridagi hududdan ikkinchi oqim taʼsiridagi hududga oʻtishiga, joyning atmosfera umumiy dirkulyasiyasiga nisbatan tutgan oʻrniga qarab asta-sekin oʻzgarib boradi. I.ning faqat okeanlardagina sof holda kuzatiladigan bunday asta-sekin oʻzgarishi makroiqlimiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Quruklikdagi makroiqlimning asta-sekin oʻzgarishiga relyef, oʻsimlik, suv havzalari va h. k. taʼsir etadi. Yirik va oʻrtacha relyef shakllari, oʻrmonlar, dalalar, koʻllar, yirik shaharlar va b. taʼsirida bir necha km yoki bir necha oʻn km masofada I. elementlarining uzluksiz oʻzgarib turishi mahalliy I.ni vujudga keltiradi. I. elementlarining kichikkichik daraxtzorlar, sayhonliklar, tepaliklarning turli tomonga qaragan yon bagʻirlari, shahar koʻchalari, maydonlari va h. k. taʼsirida bir necha yuz yoki bir necha oʻn m masofada oʻzgacha boʻlishi joyning mikroiqlimiy sharoitlari deb ataladi. Yer sharida I.ning nihoyatda turli-tuman boʻlishi iqlimiy hududlashtirishni, yaʼni mintaqa (akvatoriya)larni iqlimiy tafovutga qarab qismlarga ajratishni taqozo qiladi. Iqlimiy chegaralarni aniqlashda, koʻpincha, tabiiy chegaralardan foydalaniladi. Iqlimiy hududlashtirishning maxsus sxemalari amaliy iqlimshunoslik masalalarini hal etish bilan bogʻlangan boʻlib, meteorologik sharoitlarning oʻrganiladigan obʼyekt (ekinlarning rivojlanishi va hosili, transport va turli xil inshootlardan foydalanish, turli xil iqlim sharoitida inson oʻzini qanday his qilishi)ga taʼsirini tadqiq qilish natijalariga asoslangan. Mac, paxtaning maʼlum navini yetishtirish uchun vegetatsiya davrida t-raningtemperaturaning mi-nimalminimal yigʻindisi 4000° boʻlishi kerak boʻlsa, samarali harorat yigʻindisi haritadagi 4000° ga teng boʻlgan izochi-ziq paxta oʻstirish mumkin boʻlgan hududni chegaralab beradi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining tarqalish chegarasi, ularning mahsuldorligi koʻp jihatlardan I. sharoitlariga bogʻliq. Bu sharoitlarni hisobga olish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish, qadimgi oʻsimliklarini joylashtirish va ularni yangi hududlarga siljitishda, agrotexnik, meli-orativ va b. tadbirlar tizimlarini ishlab chiqishda, ekinlarning yangi navlarini yaratish va boshqada juda zarur. Yer sharining turli qismlarida I. omillarining tabiiy-geografik ja-rayonlarga taʼsirini chuqurroq oʻrganish maqsadida rus geofizigi M. I. Budiko shu joyning yillik radiatsiya balansi va quruklik indeksidan foydalanishni, iqlimiy hududlashtirishga genetik yondashish usulini tavsiya etadi. Bu usul bilan Yer shari iqlimiy jihatdan turlicha boʻlgan xududlarga aj-ratiladi. Rus iqlimshunosi B. P. Ali-sovning hozirgi kunda keng foydalaniladigan va juda mukammal iqlimiy hududlashtirish sxemasi genetik yondashish usuliga asoslangan. Bu sxemaga turli geografik kengliklarda yer yuzasi bilan atmosferaning issiqlik va namlik almashinuvi taʼsirida vujudga keluvchi havo massalarining geografik turlari asos qilib olingan. B. P. Alisov Yer sharini I. hosil boʻlish jarayoni bir-biridan keskin farq qiladigan 7 ta I. mintaqasiga ajratgan. Uzluksiz va tez-tez oʻzgarib turadigan obhavoga nisbatan I. turgʻunlik xususiyatiga ega va u oʻn hamda yuz yillar mobaynida juda kam oʻzgaradi.
 
Keyingi 1000 yil ichida 20-a. eng iliq davr hisoblanadi. Jumladan, 90-yillar eng iliq oʻn yillik sanalib, havoning oʻrtacha harorati global miq-yosda 0,3°—0,6° yuqori boʻlgan. I. oʻzgari-shini baholashda yaqin 30 yillik (1961—90) dagi oʻrtacha meʼyor qabul qilingan. Oʻzbekistonda tayanch gidrometeorologiya stansiyalari (Urganch, Tomdi, Qorakoʻl, Qarshi, Sherobod, Samarkand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona)ning koʻp yillik kuzatuv maʼlu-motlariga qaraganda, oʻrtacha yillik havo harorati koʻtarilib bormoqda. 2000 yil havoning oʻrtacha harorati iqlimiy meʼyordan 1,13° yuqori boʻlib, 1941 yil-dagidek iliq boʻlgan. Oʻzbekistonda ekstremal iliq (meʼyordan G goqori) boʻlgan - 1941, 1983, 1995, 1997 va 2000 yillarni koʻrsatish mumkin. Respubli-kada keyingi 10 yillikda yogʻin-sochin miqdori kam boʻlgan (meʼyorning 63— 67 foizi) - 1995, 1996 va 2000 yillarni koʻrsatish mumkin. Havo haroratining oʻrtacha oylik minimal va maksi-mal qiymatlarini ikki meʼyoriy davrga (1931-60, 1961-90) nisbatan qiyosiy tahlili Oʻzbekistonda isishning davom etishini koʻrsatmoqda. Tabiiy ofatlar (mas, dul, tuman, oʻrmondagi katta yongʻinlar va b.)ning oldini olish maqsadida atmosferaga faol taʼsir koʻrsatilmoqda. Lekin bu sunʼiy taʼsirlar hudud I.iga deyarli taʼsir etmaydi.