Havoni konditsirlash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (2), i.ch.ning → ishlab chiqarishning using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 7:
Havoni konditsirlashning markaziy va mahalliy tizimlari bor. Markaziy tizimda bir necha binoni, mahalliysi bitta bino yoki uning bir qismini havo bilan taʼminlaydi. Markaziy tizimlar tashqaridan keltiriladigan issiqlik eltuvchi (issiq suv, bugʻ, gaz yoki elektr orqali) va haydash nasoslari, ven-tilyatorlar, kompressorlarning dvi-gatellarini harakatlashtirish uchun elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Mahalliy tizimlarga xususiy sovuq bilan taʼminlash manbalari qurilishi mumkin. Quruq va issiq iqlimli hududlarda suvning buglanishi hiso-biga havo sovutkichlari ishlatiladi. Ventilyatorlar hosil qiladigan havo oqimi bosimiga koʻra, past (1 kN/m-), oʻrtacha (1—3 kN/m2) va yuqori (3 kN/m2 dan yuqori) bosimli tizimlar boʻladi. Markaziy va mahalliy tizimlar bir va ikki kanalli boʻladi. Bir kanal-li, past bosimli tizimga (rasmga q.) havo tayyorlash qurilmasi — konditsi-oner, konditsiyalangan havoni haydash hamda ishlangan havoni chiqarib yuborish kanali va qurilmasi, avtomatik rostlash, uzoqdan turib nazorat qilish hamda boshqarish asboblari kiradi.
 
Koʻp qavatli maʼmuriy binolar va mehmonxonalarda oʻrtacha bosimli, bir kanalli tizim keng tarqalgan. Ikki kanalli tizimda bir kanaldan sovuq, ikkinchisidan issiq havo kelib, har qaysi xonaga oʻrnatilgan aralashtir-gich ularni aralashtirib beradi. $1ransportTemir yoʻliyoʻl vagonlari, avtobus, avtomobil, samolyotlarga bir kanalli tizim, kemalarga bir va ikki kanalli tizimlar oʻrnatiladi. Havoni konditsirlash qurilmalari binolar qurilishi va rekonstruksiyasi harajatlarini oshiradi, lekin sanoat binolarida bu harajatlar mehnat unumdorligining ortishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi va boshqa hisobiga tezda qoplanadi. Koʻpgina sanoat korxonalari (mas, toʻqimachilik, tamaki, aniq asboblar, far-matsevtika va boshqalar) da Havoni konditsirlash tizimisiz ishlash mumkin emas. Havoni konditsirlash borgan sari taraqqiy etadi. Havo parametrlarini muntazam ushlab turishni talab qiladigan ishlab chiqarishning yangi sohalarining rivojlanib borishi; sanoat korxonalarini, i.t. va konstruktorlik tashkilotlarini toʻgʻri va toʻxtovsiz ishlashi uchun maʼlum temperatura va namlik talab qiladigan aniq asboblar, mexanizmlar va kompyuterlar bilan jihozlanishi; koʻplab odamlar uzoq vaqt turishi (oʻtirishi) mumkin boʻlgan katta jamoat binolari hajmining ortib borishi va ulardan yil davomida samarali foydalanish zaruriyati; binolarda katta yuzaga ega boʻlgan oynaband sirtlarning qoʻllanishi; baʼzi sanoat binolarida deraza va fonarlarning yoʻqligi Havoni konditsirlash tizimining yanada kengayishiga olib keladi.
 
{{no iwiki}}