Filippin: Versiyalar orasidagi farq

9 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
 
== Tabiati ==
F. arxipelagi 7107 oroldan iborat, shundan 800 tasida odam yashaydi. Yiriklari: Luson, Mindanao, Samar, Negros, Palavan, Mindoro, Sebu, Leyte. Mamlakat yer yuzasining aksariyati togʻli (eng baland joyi — 2954 m, Mindanao o.dagioroldagi Apo vulkani). Harakatdagi va soʻngan vulkan koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Hududning 1/4 qismi pasttekislik. Togʻlar oraligʻida soyliklar va dengiz sohillarida ensiz tekisliklar joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, xromit, marganets, nikel, mis, shuningdek, simob, oltin, kumush, turli qurilish materiallari bor. Iklimi tropik va subekvatorial mussonli. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°, togʻlarda 19°gacha. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1000–4000 mm. Tayfunlar boʻlib turadi. RioGrandedeMindanao, Agusan, Kagayan va boshqa daryolari sersuv va seroyetona. Koʻl kam, eng kattasi Luson o.dagioroldagi Bay koʻli.
 
Tuprogʻi, asosan, laterit tipli qizil va sariq, togʻlarda togʻkashtan, dare vodiylarida allyuvial tuproq. 10 ming tur oʻsimlikning 40% endemik. Hududining 46% tropik urmondan iborat. Qimmatbaho yogʻoch olinadigan doim yashil daraxt turi koʻp. Dengiz sohillarida mangro urmonlari mavjud. 1200 m dan baland joylar butazor va oʻgloq bilan band. Hayvon turi kup emas. Iirik sut emizuvchilar yoʻq. Bugʻuning bir necha turi, yovvoyi tungʻiz, mangust uchraydi. Qushlarning 750 dan ortiq turi yashaydi. Sudralib yuruvchi hayvon kup. MayonVolkano, Kanlaon, MauntApoMaunt Apo va boshqa milliy bogʻlari va quriqxonalari bor.
 
== Aholisi ==
 
== Tarixi ==
F. xududida miloddan avvalgi 2ming yillikda Osiyo qitʼasidan, miloddan avvalgi 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan jan. mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14—15-asrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu o.laridaorollarida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521 yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin o.larigaorollariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida eʼzozlaydilar), Ispaniya 1564 yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va shim. qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining koʻpchiligini (jan.dagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 yillik urush davrida ingliz qoʻshinlari Manila shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-asrning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892 yil A. Bonifasio va boshqa rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar koʻrish tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi. Inqilobchilar 1897 yil 22 martda mustaqil respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898 yil apr.da Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898 yil 12 iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon qilindi. 1899 — 1901 yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib oldi. 1934 yil F. muxtoriyatga ega boʻldi. 2-jahon urushi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 yil 4 iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. F. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 22 yanv.da tan olgan va oʻsha yil 13 apr. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun — Mustaqillik kuni (1898).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qishloq xoʻjaligida kichikkichik dehqon xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil qiladi. Yirik plantatsiya xoʻjaliklari ham bor. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 9 mln. gektar (mamlakat hududining 30%), shundan 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Eksport uchun shakarkamish, abaka, geveya, kokos palmasi, yer yongʻoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — sholi, makkajoʻxori, batat, maniok, sabzavot. Chorvachiligi rivojlangan: qoramol va buyvol, choʻchqa, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho eksportbop pushti va kizil daraxt yogʻochlari tayyorlanadi.
 
Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom rudalari, shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Filippin sanoati qand, sholi oklash, tamaki, yogʻmoy, meva konservalash, kopra, arqon va boshqa korxonalardan iborat. Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak surʼatda taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil yigʻish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral oʻgʻit, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi, toʻqimachilik, tikuvchilik, "oyna, sement z-dlari bor. Hunarmandchilik kds. tarmoq hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. $1ransportTemir yoʻli uzunligi 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 161 ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro aeroport bor. F. chetga kandshakar, kopra, kokos moyi, metall rudalari, yogʻoch, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar un-t va tibbiyot intlarida tayyorlanadi. F.da oʻrta maktablarning yarmidan koʻprogʻi va boshlangʻich maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga karashli va xususiy maktablarda pul toʻlab oʻqiladi. Boshlangʻich maktabda oʻqish majburiy va bepul boʻlib, unga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 yil oʻqitiladi. Oʻrta maktablarda oʻkish muddati 4 yil Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo maktablarida amalga oshiriladi. Boshlangich maktablarning oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi F. normal (ped.) kollejidir. Oliy oʻquv yurtlarining kupi xususiy. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Maniladagi Katolik SantoTomas un-ti (1611), Manila un-ti, Uzok, Sharq un-ti (1928), Sharq un-ti (1946), KesonSiti shahridagi Filippin un-ti (1908). Yetakchi ilmiy muassasalar un-tlar xuzurida tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos palmasi i.t. instituta, F. fanlar akademiyasi (1976) va boshqa Xalkaro sholi i.t. instituta bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten sanʼat muzeyi mavjud.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Mahalliy aholining anʼanaviy uylari qoziqlar ustiga chaylasimon qilib quriladi, usti palma bargi bilan yopiladi. Mustamlaka davrida shaharlar, istehkomlar, cherkov va saroylar barokko hamda klassitsizm uslubida qurila boshladi (Luson o.dagioroldagi SanNikolas cherkovi, 17-asr; Maniladagi SantoTomas un-ti, 1608—15 i.yil). 19-asr 2yarmi va 20-asr 1yarmida Manila shahrida Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida binolar barpo etildi. F. meʼmorlaridan P. Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil oʻz ijodida ispan meʼmorligi uslubidagi bino va inshootlarni millim ruxda bezashga ahamiyat bera boshladilar (Panay o.orol Iloilo shahridagi Miagao ibodatxonasi; Maniladagi F. madaniyat markazi, 1969, meʼmor L.V. Loksin).
 
F. hududida miloddan avvalgi 2—1ming yillikka oid sanʼat yodgorliklari saklanib qolgan. Qadimdan yogʻoch va bambuk oʻymakorligi, toʻqimachilik, metallsozlik, kashtachilik, zargarlik kabi kasblar mashhur boʻlgan. Maniladagi SanAgustin cherkovining oʻymakor yogʻoch eshiklari (1606) va SanIgnasio cherkovining ibodat qilinadigan qismidagi oʻyma naqshlar F. sanʼatining ilk namunalaridir. 19-asrning 2yarmi va 20-asrning 1yarmida dastgoh rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F. Amorsolo), haykaltaroshlik (G. Tolentino) paydo boʻddi. F. Roxas portret va manzara, X. Risal rangtasvir va haykaltaroshlik sohasida unutilmas asarlar yaratishdi. F. Amorsolo asos solgan "Anʼanavii maktab" 20-asr oʻrtalariga kelib F. rassomlari akademiyasiga aylandi. 50—60k.larda K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati qaxramonlariga, shuningdek, dehqonlar, baliqchilar, konchilar hayotiga bagʻishlangan koʻpgina devoriy rayem va manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo ismli ayol rassom qishloq xotinqizlarining lobar siymosini tasvirlovchi goʻzal asarlari bilan eʼtibor qozondi. V. Manansala, R. Tabuena, M. Malang Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus, F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroshlar milliy realistik anʼanalarni davom ettirdilar.