Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fransiya''' (-{France}-), Fransiya Respublikasi (-{République Française}-) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 66,7 mln. kishi (2016). Poytaxti — Parij shahri Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari ([[Gvadelupa]], [[Martinika]], Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari ([[Taiti]], Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lariorollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 38:
 
== Transporti ==
$1ransportTemir yoʻliyoʻl uzunligi 42000&nbsp;km. Soatiga 300&nbsp;km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va F.ning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.
 
== Tashqi savdosi ==
Qator 50:
Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa
 
Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya in-ti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If o.dagioroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat i.t. muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i.t. markazlari: "Noraviasion", "Elektrisite de Frans", "Sharbonaj de Frans", "Gaz de Frans", "SenGoben", "FransAtom", "MerlenJeren", "Krezo" va "Shneyder" kompaniyalari.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: "Figaro" (kundalik gaz., 1826 yildan), "Le Pariziyen" ("Parijlik", kundalik gaz., 1944 yildan), "Mond" ("Tinchlik", kundalik gaz., 1944 yildan), "Frans Suar" ("Fransiya oqshomi", kundalik kechki gaz., 1941 yildan), "Oror" (kundalik gaz., 1944 yildan), "Krua" ("Xoch", kundalik kechki katolik gaz., 1880 yildan), "Yumanite" ("Insoniyat", kundalik gaz., 1904 yildan), "Uest—Frans" ("Gʻarbiy Fransiya", kundalik gaz., 1944 yildan), "Syud—Uest" ("JanubiGʻarb", kundalik gaz., 1944 yildan), "L ekspress" (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 yildan), "Pari match" ("Parij matchi", haftalik bezakli jur., 1949 yildan), "MariKler" (oylik jur., 1954 yildan) va boshqa
Qator 78:
18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi ("GrandOpera" teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi "Kastel Beranja" mehmonxonasi). 1860 yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—30 yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—70-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.
 
1980-yillardan F. meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), SenJermenSen o.dagiJermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), "Ateney" teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.
 
== Tasviriy sanʼati ==