Daryo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 121:
D. ning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. D. tubining tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi hayvonlari uchraydi. D. ning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. D.larning quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv omborlari barpo qilish planktonlarning sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit beradi. D.larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shim. Amerikaning sharqi va Gʻarbiy Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan. [[Suv resurslari]]dan oqilona foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena chora tadbirlari koʻrilmoqda (q. [[Tabiatni muhofaza qilish]]).
 
D. qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli, muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda kollektor vazifasini oʻtab kelgan. D.lardan anchagina baliq ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport yoʻllari (t.temir y.yoʻl va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar joylashgan. D. suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.
 
Ad.:Shulʼs V. L., Reki Sredney Azii, ch. 1-2, L., 1965; Shuls V.L., Mashrapov R., Oʻrta Oyeiyo gidrografiyasi, T., 1969; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.