San-Tome va Prinsipi — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k
k
 
== Xoʻjaligi ==
San Tome va Prinsipi — iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajoʻxori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, xonaki parranda boqiladi). Dengizdan baliq, toshbaqa va boshqa hayvonlar ovlanadi. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Keramika va gʻisht zavodlari, tikuvchilik f-kasi ham qurilgan. San Tome va Prinsipida tor izli t.y.temir yoʻl va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: San Tome, Santu Antonyu va Portu Alegri. Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, sement, avtomobil va boshqa sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, [[Ispaniya]], [[Niderlandlar|Niderlandiya]], [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Germaniya|GFR]], [[Angola]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — dobra.
 
== Maorifi ==