San-Tome va Prinsipi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Sao Tome va Principe_info}}
'''San Tome va Prinsipi''' (São Tomé e Príncipe), San Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (República Democrática de São Tomé e Príncipe) — Gvineya qoʻltigʻidagi San Tome va Prinsipi o.lariorollari va ularga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Afrika gʻarbiy sohili yaqinida. Maydoni 964 km². Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — [[San-Tome|San Tome]] shahar. Maʼmuriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
Orollar vulkan faoliyati natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi PikodeTome — 2024 m (San Tome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari bilan). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. Oʻrtacha oylik tra 23—27°. Yillik yogʻin 1000–3000 mm gacha. Deyarli yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Nam tropik oʻrmonlar va mangro chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, qisqichbaqa, krevetka, langust, ustritsa kabilar bor.
 
== Aholisi ==
Aholisi, asosan, santomeliklar boʻlib, ular Afrikadagi bantu tilida soʻzlashuvchi turli xalqlar (ovimbundu, ambundu va boshqalar)ning oʻzaro va qisman portugallar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til — portugal tili. Dindorlarning 90% ga yaqini xristian (katolik)lar, shuningdek, musulmonlar va anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, Santu Antonyu, Portu Alegri, Ribeyra Afonsu.
 
Qator 13 ⟶ 14:
1470—71 yillarda San Tome o.lariga Portugal dengiz sayyohlari kelib, bu yerlarni [[Portugaliya]] mulki, deb eʼlon qildilar. 1485 yildan odamlar koʻchib kela boshladi. Ular Yevropadan surgun qilingan portugallar va afrikalik qullar edi. 16-a. boshlarida qalin oʻrmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi oʻringa chiqdi. 1517 yil va undan keyingi yillardagi qullar qoʻzgʻoloni natijasida 16-a. oxirida Amador boshchiligida qullar davlati qisqa muddat mavjud boʻldi. 1735 yil Prinsipi o. ham Portugaliya imperiyasiga qoʻshib olindi. 18—19-a.larda San Tome va Prinsipi orollarida qullar kuchi bilan kofe va kakao plantatsiyalari barpo etildi. 1951-yil Portugaliya San Tome va Prinsipini oʻzining dengiz orti viloyati deb eʼlon qildi. 1953 yil mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtardi ("Batep qoʻzgʻoloni"), biroq u shafqatsizlik bilan bostirildi. 1960 yil muhojirlikda San Tome va Prinsipini ozod qilish qoʻmitasi (1972 yildan San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972 yil Portugaliya San Tome va Prinsipiga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. San Tome va Prinsipi 1975-yil [[12-iyul|12-iyuldan]] mustakil respublika, 1975 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — [[Mustaqillik Kuni|Mustaqillik kuni]] (1975).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi. ==
San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati — Sotsialdemokratik partiya, 1960 yil asos solingan; Mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Demokratik konvergensiya partiyasi — "Mushohada" guruhi, 1990 yil tashkil etilgan. San Tome va Prinsipi mehnatkashlar milliy tashkiloti kasaba uyushmasi, 1989 yil tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==