Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq

8 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
k
fix bot error
kTahrir izohi yoʻq
k (fix bot error)
Buryatiyada mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi-8, Mi-17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir zavodi), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" zavodi), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton k-ti), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar zavodi) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya zavodida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio zavodida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr stansiyasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr stansiyasi bor.
 
BuryatiyaQishloq daxoʻjaligida mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. Buryatiya janubida va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi.
 
== Transporti ==