Luiziana — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k
k
'''Luiziana''' - AQShning janubidagi shtat. Meksika qoʻltigʻi sohilida. Maydoni 123,6 ming km². Aholisi 4,46 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — BatonRuj shahri Eng katta shahri va yirik dengiz porti — Yangi Orlean. Transport yoʻllari yaxshi rivojlangan. L.ning sohil qismi botqoqli pasttekislik, shim.-gʻarbiy qismi sertepa (eng baland joyi 163 m). Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 12° dan 27,5°gacha. Yiliga 1100 — 1500 yogʻin yogʻadi. Qaragʻay oʻrmonlari bor.
 
L. — industrial-agrar shtat. Konchilik sanoati rivojlangan. L. AQShda qazib olinadigan neft va tabiiy gazning katta qismini beradi. Neftni qayta ishlash, kimyo, alyuminiy, neft-kimyo sanoatlari rivojlangan. Yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat, ke-masozlik va kema taʼmirlash, metallsozlik, harbiy sanoat korxonalari, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish z-dizavodi bor.
 
Qishloq xoʻjaligida tovar mahsulotining yarmidan kupi dexdonchilikdan olinadi. Asosiy ekinlari: sholi, paxta, shakarqamish. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. L. shtati 1812 yilda tuzilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>