Urganch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xorazm
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 63:
|sayt tili 2 =
}}
'''Urganch''' — [[Oʻzbekiston]]dagi shahar, [[Xorazm viloyati]] maʼmuriy markazi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Urganch''' (1929 yilgacha Yangi Urganch) — [[Xorazm viloyati|Xorazm viloyatidagi]] shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).
 
Shaharga 1646 yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga "Toza Urganch", yaʼni "Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170&nbsp;km.
Qator 72 ⟶ 70:
Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushxon (Anushoh) davrida (1664— 89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.
 
Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4–5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 y. avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida: "Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan", deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash z-dizavodi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida "Xayriya jamiyati", RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931 yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935 yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952 yilda Chorjoʻy-Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959 yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.
 
Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. "Avesto" kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha "Gurganj" nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin "Jurjoniya" deb ataldi. 1221 y. moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urgant shaklida tilga olinadi.