Mongoliya — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k (removed Category:Davlatlar using HotCat)
k
 
== Tarixi ==
Mongoliya. hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4— 3-asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy 4—10-asrlarda Jujan, Turk, Uy-gʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-asrlarda M. hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-asr boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206 yil moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211 yil dan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-asr oʻrtalarida Shim. Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 yil Xitoy, 1380 yilda Rossiya, 14-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. 14-asrning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. 15-asrda Esonxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Moʻgʻuliston va Shim. Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shim. Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda M. ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-asr boshida davlat diniga aylandi. 1616 yilda Shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 yil Jan. Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 yilda Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.
 
Mongoliyada yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-asr boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19a. oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911 yil aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911 yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yil dan ortiqroq harakat qildi. 1915 yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919 yilda Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.
 
== Sanoati ==
M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, 20-asrning 40—60-yillarida ogʻir sanoat (konchilik, energetika, yogʻochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka koʻproq eʼtibor qaratildi. M. yer ostida foydali qazilma xazinalari koʻp. Hozircha 30 dan koʻproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshkoʻmir, qoʻngʻir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va boshqa konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shagʻal, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va shahrik.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan koʻproq issiq va sovuq maʼdanli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun koʻpgina qoʻshma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. Mongoliya sanoatida gusht, un k-tlarikombinatlari, non z-dizavodi, gilam f-kasifabrikasi, poʻstin-moʻyna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, gʻisht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.
 
== Transporti ==