Qatar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 19:
Q. iqtisodiyotining asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Doʻhan r-nida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 1%, sanoatniki 49%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 50% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, oʻgʻit, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya z-dizavodi ishlaydi. Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zdlari bor. Yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
 
Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10% ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi.