Kimyo: Versiyalar orasidagi farq

6 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
k (imlo, replaced: mikdor → miqdor (4) using AWB)
kTahrir izohi yoʻq
Kimyo va uning sanoatiga yondosh boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va boshqa tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3. Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qoʻshdilar.
 
1920 yil Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xoʻjaligi kengashida sanoat bilan bogʻlangan Kimyo boʻlimi tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respublika xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur boʻlgan ilmiy muammolar bilan shugʻullana boshlaydi. 1921 yil esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, oʻnga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparatlar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (hozirgi Bekobod) sement z-dizavodi va Ashxobod shisha z-diningzavodining ishga tushirilishida qoʻl keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo kafedrasi ochiladi. Bu yerda N. L. Karavayev, M. S. Elgort, D. A. Alekseyev, Ye. I. Poznerlar tomonidan anorganiq va fizik Kimyo boʻyicha i.t. ishlari olib boriladi. V. A. Novikov bilan B. G. Zapromyotovlar ilmiy ishlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlash bilan ham shugʻullanadilar. 1927 yil Oʻzbekiston sanoat-iqtisod i.t. instituta (keyinroq Oʻzbekiston mahalliy sanoat i.t. instituta) tashkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, bogʻlovchi materiallar, sellyuloza-qogʻoz va yoqilgʻi sektorlari ochiladi.
 
30-yillarda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933 yil un-tning kimyo fti qoshida Kimyo tadqiqot instituti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaksiyalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim i.t. ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat bilan hamkorlikda ishladilar.
Akad. S. Rashidova va uning shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, qishloq xoʻjaligiga tatbiq etildi.
 
Kimyo texnologiyasining jarayon va uskunalari fani akad. 3. Salimoye va uning shogirdlari tomonidan oʻrganildi. Chigitni quritish, undan yogʻ olishni intensifikatsiyalash, ekstraksiya, gazlar adsorbsiyasi va shahrik. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi maʼlumotlar olindi. Bu maʼlumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyoʻl, Uchqoʻrgʻon yogʻ z-dizavodi) ishlari yaxshilandi.
 
Respublikamizda Kimyo fanining rivojlanishida Oʻzbekiston FA tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq intlari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (hozirgi Umumiy va noorganiq kimyo instituti), Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Kataliz instituti, OʻzMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. ishlari mamlakatimizda Kimyo fanini yuqori pogʻonalarga koʻtarishda muhim omillardan boʻldi.