Somali: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 21:
Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi, jumladan, koʻchmanchi chorvachilik tashkil etadi. Tuya, qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Qishloq xoʻjaligida makkajoʻxori, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi va boshqa ekiladi. Chetga sotish uchun banan, shakarqamish, paxta, tamaki yetishtiriladi. Sohilda baliq ovlash rivojlangan.
 
Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan ayrim korxonalardan iborat. Kisimayodagi goʻsht k-ti, Mogadishodagi sut z-dizavodi, Laskoraydagi baliq konserva zavodi, Jouhardagi qandshakar zavodi ularning eng yiriklaridir. Toʻqimachilik, koʻnchilik, metall ishlash, paxta tozalash, yogʻ, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar ham bor. Hunarmandchilik (zargarlik, qurolsozlik, suyak oʻymakorligi, toʻquvchilik, teri ishlash) rivojlangan. Oz miqdorda niobiy rudasi va toshtuz qazib olinadi. Transport yoʻli yoʻq. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 2 ming km. Asosiy dengiz portlari: Berbera, Mogadisho, Kisimayo, Merka. Mogadishoda xalqaro aeroport bor. Chetga tirik chorva (eksportning 80% dan ortigʻi), banan, goʻsht, xom teri, goʻsht va baliq konservasi, qimmatbaho yogʻoch turlari chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va transport uskunalari, neft mahsulotlari oladi. Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Italiya, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — somali shillingi.
 
== Tibbiy xizmati ==