Qoʻy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 5 y. → 5 yil, bal. 5 → balandligi 5 using AWB
k z-d →‎ zavod
Qator 5:
Koʻpgina Q.lardan bittadan, ayrimlaridan 2 tadan, ro-manov zotli qoʻylardan 5 va undan ortiq qoʻzi olinadi. Qoʻzilar 2–6 kg tugʻiladi. 2—4 yoshida oʻsishdan toʻxtaydi. Mayin junli Q.ning jun qoplami diametri oʻrtacha 18—25 mkm boʻlgan bir xildagi tivit tolalaridan, dagʻal junli Q.larning jun qoplami diametri 100—200 mkm boʻlgan aralash dagʻal tolalardan iborat. Mayin junli Q.ning jun tolasi uz. 6—10 sm dan uzunroq, yarim mayin junli Q.larda 10—20 sm va dagʻal junli Q.larda 10—15 sm. Mayin junli Q.dan yiliga oʻrtacha 5—6, yarim mayin junli Q.dan 3—6 va dagʻal junli Q.lardan 1–4 kg jun olinadi. Mayin junli va yarim mayin junli Q.larning juni yiliga bir marta, dagʻal junli Q.larniki 2 marta — bahorda va kuzda qirqiladi. Qoʻchqorlarining ogʻirligi 60—180, sovliqlariniki 35–110 kg . Soʻyim chiqimi 45—60%. Q.lar tabiiy va mahalliy sharoitlarni hamda Q. zotlarining oʻziga xos biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yaylovda (10—11 oy), yay-lovda-qoʻlda, qoʻlda-yaylovda va qoʻlda boqiladi.
 
Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan Q.larni goʻshti, yogʻi, terisi va suti uchun boqadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻzbekistonda xalq seleksiyasida hisori qoʻy zoti, qorakoʻl qoʻy zoti va olimlar va chorvadorlar hamkorligida olib borilgan seleksiya — naslchilik ishlari natijasida bu zotning bir qancha z-dzavod tiplari yaratildi.
 
Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ortiq turli yoʻnalishga mansub qoʻy zotlari urchitilib koʻpaytirilmoqda. Ulardan — askaniya qoʻy zoti, degeres qoʻyi, merinoslar, prekos, ram-bulye, romanov qoʻy zoti, saraji qoʻy zoti, Tojikiston qoʻy zoti, edilboy qoʻy zoti kabi zotlar goʻsht, jun yoʻnalishidagi eng sermahsul zotlar hisoblanadi. Oʻzbekistonda, asosan, qorakoʻl qoʻy zoti, dumbali hisori qoʻy zoti va dumbali jaydari qoʻylar boqiladi. Q.lar yaylovda boqilganda kuniga 8– 10 kg oʻt isteʼmol qiladi. Dagʻal ozu-qalar (pichan, silos) va boshqalarni yaxshi hazm qiladi. Yozda choʻl sharoitida ikki marta, qishda kunora sugʻoriladi (yana q. [[Qoʻychilik]]).