Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k z-d →‎ zavod
Qator 20:
B. — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. B. ning yoqilgʻienergetika zaxiralari cheklangan, qazib olinayotgan koʻmirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr stansiyalari beradi. Kozloduy shahri yaqinida atom elektr stansiyasi qurilgan. B.ning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qoʻrgʻoshin, pyx va mis) ga boʻlgan ehtiyojini toʻlatoʻkis, prokat va qora metallga boʻlgan ehtiyojining koʻp qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, koʻtarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, ogʻir va energetika uskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va boshqa ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi z-dlardanzavodlardan iborat. RilaRodop togʻlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon togʻlaridagi buk oʻrmon yogʻochlari asosida yogʻochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmogʻi barpo etilgan. Toʻqimachilik sanoatida ip gazlama toʻqish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak ishlab chiqarish rivojlangan.
 
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.da gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. B.da bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, xachir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.
Qator 43:
 
== Meʼmorligi ==
Miloddan avvalgi 4-asrda Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis shahri qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan milodiy 1— 2-asrlardagi Ratsiariya, Eskus va boshqa shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va boshqa shaharlarda 4—9-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hozirgi Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. B. qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poytaxti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poytaxti Tirnovo) da B. meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-asrlar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-asr), Boyan shaharlaridagi ibodatxonalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-asr) qalʼasi diqqatga sazovordir. B.da turklar hukmronligi davrida xalq meʼmorligi kuchaydi. B. turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones shahrida "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "Aleksandr Nevskiy" ibodatxonasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va boshqa qurilgan. 1934 yilda Sofiya, Varna, Plovdiv va boshqa shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, z-dzavod, fkafabrika va boshqa binolar qurilishi avj oldi.
 
== Tasviriy sanʼati ==