Namibiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 28:
Namibiya konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati Namibiya iktisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-asrning 90-yillarida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600 kg oltin, 90 t dan ziyod kumush, 72 ming t rux, 33 ming t mis, 35 ming t qoʻrgʻoshin, shuningdek, koʻp miqdorda uran rudalari, kalay, marganets, volfram, vanadiy, oltin-gugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr st-yalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega boʻlgan GES qurilgan.
 
Konchilikka bogʻliqboʻlmagan ishlab chiqarish sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yigʻadigan z-dlarzavodlar, yogʻochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan z-dlarzavodlar, tyulen yogʻini qayta ishlaydigan f-kafabrika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud.
 
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalashgan yirik tovar fermer (asosan, chorvachilik) xoʻjaliklari ustun. Qorakoʻlchilik asosiy oʻrinni egallaydi. Qoramol ham boqiladi. Mamlakat hududining 46% oʻtloq va yaylovlar bilan band. Yerlarning atigi 1% sunʼiy sugʻorishsiz ekin ekishga yaroqli. Bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, supurgi, sabzavot yetishtiriladi. Dengiz boʻyi aholisi baliqchilik bilan shugʻullanadi.