Liviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 38:
Liviya rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,6%, qishloq xoʻjaligi ning ulushi 5,5% (1989).
 
Sanoati neft va gaz konlari, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konservalari, tamaki mahsulotlari), toʻqimachilik (jun gazlama), koʻnchilik korxonalaridan iborat, bir necha elektr st-yalari bor. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat korxonalarining koʻpchiligi Tripoli, Bingʻozi va boshqa sha-harlarda joylashgan. Misurotada yirik metallurgiya majmuasi, boshqa shaharlarda quvur, elektr simlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, traktor va avtomobil yigʻuvchi z-dlarzavodlar bor. Hunarmandchilik rivojdangan.
 
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar oʻrmonlar bilan birga 4,2 mln.ga (2%). Asosiy ekinlari: arpa va bugʻdoy. Sabzavot, meva (apelsin, mandarin, xurmo, uzum), yer yongʻoq, zaytun, tamaki ham yetishtiriladi. Liviya Sahroi Kabiridagi aholining asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, tuya, yilqi, eshak boqiladi. Sohil yaqinidagi suvda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.