Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Kolombiya_info}}
{{Maʼnolari|Kolumbiya (maʼnolari)}}
'''Kolumbiya''' (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (República de Colombia) — Jan. Amerikaning shim.-gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 1138,9 ming km². Aholisi 46,370 mln. kishi (2012). Poytaxti — Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) shahri. Maʼmuriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 27:
 
== Sanoati ==
K.ning boy tabiiy resurslari asosida konchilik sanoati rivojlangan. Neft va temir rudasi qazib olish yetakchi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toshkoʻmir, oltingugurt, nikel, oltin, platina, kumush, zumrad ham qazib olinadi (jahondagi zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, poyabzal, ichimlik ishlab chiqarish sohalari, tikuvchilik, toʻqimachilik, metallni qayta ishlash alohida oʻrin oladi. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, televizor va radiopriyomniklar yigʻadigan, stanok, sement, qogʻoz ishlab chiqaradigan z-dlarzavodlar bor. Hunarmandchilikning ham salmogʻi katta. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr styalariga, 25% koʻmir bilan ishlovchi elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 63:
K.da dastlabki hujjatli filmlar ("San-Kristobal manzarasi", "Bogotada harbiy parad") 1907 yil da suratga olindi. 1910-yillarda voqeiy filmlar yaratishga kirishildi. 1914 yilda rej. F.Markoning "Ishonch tantanasi" toʻla metrajli yarim hujjatli filmi chiqarildi. "Aura yoki gunafshalar" (1923), "Antokiya osmoni ostida" (1924), "Kondorlar uyasi" (1925) koʻngilochar va xajviy kinolentalari bilan badiiy filmlar yaratishga asos solindi. 1937 yilda aka-uka Aseveolar birinchi ovozli hujjatdi filmni yaratdilar. 1939 yildagi "Vodiy gullari" filmi dastlabki ovozli badiiy film boʻldi. 50-yillar oxiri va 60-yillarda milliy kino sanʼati yuksala boshladi. Ilgor ijtimoiy yoʻnalishdagi filmlar ("Tosh ildizlar", "Kolumbiyaning uch tarixi", "Achchiq yer", "Donaso" va boshqalar) yaratildi. Hujjatli kino rej.laridan K.Alvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning shakllanib, kamol topishiga katta taʼsir oʻtkazdi ("Kunlardan bir kun", "Demokratiya nima" va boshqa filmlar). Keyingi yillarda "Qachongacha" (rej. B.Ventura), "Firibgarlik" (rej. L.Sanches), "Toza qon" (rej. L.Ospina), "Diyorimiz ovo-zi: oʻtmish va kelajak" (rej. M. Rodriges, X.Silva) va boshqa filmlar muvaffaqiyat qozondi. 1960 yildan Kartaxenada Xalqaro kinofestivallar oʻtkazib turiladi. 1971 yil Bogotada kinematografiya instituti tashkil qilingan. Unda rej.lar, ssenariychilar, operatorlar tayyorlanadi. K.da 650 kinoteatr bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{Janubiy Amerika mamlakatlari}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{Janubiy Amerika mamlakatlari}}
 
{{OʻzME}}