Sanoat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4:
SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fkalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishnmtt asosini tashkil etadi va industrial oʻsiipsh taʼminlaydi. 20-a.ning 80y.larida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
 
Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15a14—15-a.larda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.
 
Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-a.ning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi z-dlarizavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.
 
1913 yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.
 
20-a.ning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash z-dlarizavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q. [[Yengil sanoat]]), 1937 yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-a.ning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.
 
1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor z-dlarizavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (q. [[Kimyo sanoati]]). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q. [[Rangli metallurgiya]]).
 
Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi.