Nikolay Rimskiy-Korsakov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda, va b. → va boshqa (2) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Rimskiy-korsakov Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov''' (1844.18.3, Tixvin — 1908.21.6, hozirgi Leningrad viloyati) — rus kompozitori, pedagog , dirijyor, musiqajamoat arbobi. "Qudratli toʻda"ning aʼzosi. Peterburg konservatoriyasi prof. (1871 yildan). "Qor qiz" (1881), "Sadko" (1896), "Shoh Sulton haqida ertak" (1900), "Oltin xoʻrozcha" (1907) kabi operalarda rivoyat, afsona va ertaklarga keng murojaat etib, xalq orzu va niyatlari, hayotbaxsh tabiat goʻzalligini madh etgan. Tarixiy mavzularga asoslangan "Pskovlik qiz" (1872), "Shoh qayligʻi" (1898) va boshqa operalari bilan erksevarlik, xalqchillik gʻoyalarini olgʻa surgan, rus musiqali dramasini yuksak pogʻonaga koʻtargan. R.K.Rimskiy-Korsakov — garmoniya va orkestrlashning mohir ustasi. Sharq mavzularidagi "Antar" (1868) va "Shahrizoda" (1888), "Ispancha kaprichchio" (1887) kabi asarlarida programmali simfonik musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning 2 ta "Rus xalq qoʻshiqlari" toʻplami (1877, 1882), "Garmoniyadan amaliy darelik" (1886), "Orkestrlash asoslari" (1913) va boshqa asarlari rus va jahon kompozitorlik ijodiyotiga samarali taʼsir etdi.<ref>"Rimskiy-Korsakov Nikolay Andreyevich" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20R%20harfi.pdf R-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwikiOʻzME}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
{{DEFAULTSORT:Rimskiy-Korsakov, Nikolay}}