Teatr musiqasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.m. → {{subst:FULLPAGENAME}} (4), Y.Ga → yilGa (2), va b.) → va boshqalar) (5), va b. → va boshqa (3) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Teatr musiqasi''' - 1) keng maʼnoda — barcha musiqali (opera, balet, operetta, musikali drama, musikali komediya, vodevil, myuzikl va boshqalar) hamda dramatik spektakllar uchun yozilgan musiqa; 2) tor maʼnoda — dramatik teatr spektakl (drama, komediya, tragediya)lari musiqasi. Odatda, vokal, cholgʻu, xor va orkestr musiqiy lavhalaridan iborat.
 
Musiqa katta oʻrin egallagan drama sanʼati shakllari qadimdan maʼlum. Oʻzbekistonda qiziqchimasxaraboz va qoʻgʻirchoqboz tomoshalari va boshqa musiqa bilan ijro etilgan. Kompozitorlik sanʼati rivoji natijasida Teatr musiqasi yangi pogʻonaga koʻtarildi, erkin almashinuvchi musiqiy lavhalar oʻrniga muayyan spektakllarga maxsus musiqa asarlari yozila boshlandi (V.A.[[Volfgang Amadey Motsart|Motsart]], yilGaydnY. Gaydn, L.[[Lyudvig van Betxoven|Betxoven]], keyinchalik F.Mendelson, R.Shuman, M.Glinka, G.Berlioz, E.Grig , J.Vize va boshqalar). 20-a.da teatr spektakllaridagi musiqaning mavqei yanada kuchaydi, baʼzi musiqa (kantata, oratoriya kabi) janrlarining sahnaviy turlari yuzaga keldi (K.Orf, I.[[Stravinskiy Igor Fyodorovich|Igor Stravinskiy]], A.Onegger va boshqalar), yangi sintetik janrlar paydo boʻldi (I.Stravinskiyning "Shoh Edip", "Askar tarixi" va boshqalar). Teatr musiqasi sahna raqs harakatlarini ifodalovchi, dramatik holatlarga izoh beruvchi, ramziy yoki majoziy maʼnoga ega lavhalar, shuningdek, qahramonlarning ichki histuygʻularini bayon etuvchi epizodlardan iborat boʻladi. Ayni paytda, u asar sahnalarini oʻzaro bogʻlab, dramaturgik vazifalarni ham bajaradi. Oʻzbekistonda Hamza, Xurshid, Gʻ.Zafariy va boshqa dramaturglar oʻz spektakllarida oʻzbek musiqa merosidan keng foydalanishgan; ilk professional (maxsus yaratilgan) Teatr musiqasi namunalari 1940 yillar oxiri — 60y.larda paydo boʻlgan ("Alisher Navoiy", M. Burhonov 1948; "Yoʻlchi yulduz", I.Akbarov, 1957; "Hamza", 1960, "Mirzo Ulugʻbek", 1964, M.Leviyev va boshqalar). Keyinchalik, A.Malaxov ("Varshava kuyi", "Sevgi uchun 10 kechakunduz", 1968), F.YanovYanovskiy[[Feliks Yanov-Yanovskiy]] ("Iztirob va umid kunlari", 1974), A.Berlin ("Otello", 1972), 1980—2000y.larda1980—2000 yillarda A.Ergashev ("Ufq", 1995, "Oʻtgan kunlar jangnomasi", 2003), A.Ikromov ("Qirol Lir", 1998), D.YanovYanovskiy ("Malikai Turandot", 2000, "Rezina sotuvchilar", 2004), A.Kim ("Iso va Yaxuda", 2002) va boshqa kompozitorlar Teatr musiqasi sohasida ijodiy muvaffakiyatlarga erishgan.
 
== Adabiyot ==