Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Usmon xoʻja''', Poʻlatxoʻjayev Usmon xoʻja (1878, Buxoro — 1968.28.7, Istanbul) — davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi. Buxorolik savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan va dastlabki yangi usul maktablaridan birini ochgan. 1908 yilda Istanbulda oʻqigan. 1912 y. boshlarida U.X. Buxoroga qaytgach, "Tarbiyai atfol" maxfiy tashkilotining faol aʼzolaridan biriga aylangan. Qorlik.
 
1917 yilda U.X. Yosh buxoroliklar partiyasi MK tarkibiga kiritilgan. Kolesov voqeasiaan soʻng , Toshkentda Yosh buxoroliklarning soʻl eserlar guruhini tuzgan (1918 y.yil aprel). Yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosining aʼzosi (1920 y. fevral).
 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, U.X. BXSR moliya noziri (1920), Davlat nazorati noziri (1921), BXSR Markaziy Ijroiya Koʻmitasining dastlabki raisi (1921 y.yil avg .avgust — 1922 y.yil boshlari). U.X. BXSR hukumatining aksariyat arboblari singariBuxoro Respublikasining oʻz milliy armiyasi, milliy hukumati boʻlgan mustaqil respublikaga aylantirmoqchi edi. U.X. BXSRdan sovet Rossiyasining qizil askarlari olib ketilishi hamda Buxoroning mustaqilligi uchun izchil kurashdi. U.X. 1922 yildan shoʻrolar bilan aloqasini uzib, Kobulga kelgach, Rossiyaga qarshi kurash olib borish uchun BXSR ning davlat boshligi sifatida Afgʻoniston amiri Omonullaxon bilan shartnoma imzolagan (1922 y. 29 aprel). U Buxoroning milliy armiyasi uchun xorijiy davlatlardan qurolyarogʻ sotib olishga harakat qilgan.
 
U.X. Anqarada Turk Kulturi (Turk Madaniyati) institutini tashkil qilishda katta jonbozlik koʻrsatgan. Turkiston tarixiga oid koʻplab asarlar, jumladan, "Turkiston" (Istanbul, 1936) risolasining muallifi.
Qator 10:
* Sadriddin Ayni y , Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fayzulla Xoʻjayev, Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon, Boʻlinganni boʻri yer (Xotiralar), T., 1997; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2 kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Ra jabo v Q., Buxoroga qizil armiya boskini va unga karshi kurash, T., 2002.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{DEFAULTSORT:Poʻlatxoʻjayev, Usmonxoʻja}}
 
{{stub}}