Xanti-mansiysk — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k
'''Xanti-mansiysk''' (1940 yilgacha Ostyako Vogulsk) — Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyati Xanti Mansilar muxtor okrugidagi shahar (1950 yildan), okrug markazi. Irtish daryosining oʻng sohilida. Dare porti. Aholisi 35,9 ming kishi (1998). 1931 yilda ishchilar shaharchasi — muxtor okrugining markazi sifatida vujudga kelgan. 1934 yildan Omsk viloyati, 1944 yildan Tyumen viloyati tarkibida. Shahar tarkibiga 16-a.danasrdan maʼlum boʻlgan Samarovo qishlogʻi ham kiradi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — baliq sanoati. Shuningdek, oʻrmon sanoati ham mavjud. Asosiy korxonalari: baliq konservalash, yogʻochsozlik ktlari, taxta tilish zavodi, mebel fabrikasi. Yirik darrandachilik xoʻjaligi; Chekka Shimol qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot intining tajriba styasi bor. Oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20X%20harfi.pdf X-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==