Ternopil viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 3:
Ternopol viloyati Podoliya qirlarining gʻarbiy qismini egallagan. Ukrainaning oʻrmonli dasht zonasida. Viloyat hududi koʻp qismining bal. 300–400 m (eng baland joyi 443 m). Shim. qismida Kremenets qirlari, undan jan.rokda Toltr qirlari joylashgan. Foydali qazilmalari: qoʻngʻir kumir, qurilish materiallari, fosforitlar. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha tempaturasi janubida –4,6° dan shimolida –5,7° gacha, iyulniki 19,4°, 18,3°; oʻrtacha yillik yogʻin 600–680 mm. Vegetatsiya davri 165 kun. Eng yirik daryosi – Dnestr. Qoratuproq, podzollashgan sur tusli tuproklar uchraydi. Oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Dashtlar haydalib (70% hududi), ekinzorlarga aylantirilgan. Ternopol viloyati hududining 12% oʻrmon. Oʻrmonlarda tulki, malla tovushqon, boʻrsiq, qobon yashaydi. Ondatra, nutriya, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.
 
Ternopol viloyatining asosiy sanoat tarmogʻi mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi asosida ishlaydigan oziq-ovqat sanoati (unyorma, shakarkand, moysir va sut, spirt, tamakifermentatsiya, konserva va sabzavot quritish zdlari, goʻsht kti, Berejanida shisha zavodi, Ternopolda elektr armaturasi zavodi, qand lavlagi kavlash kombayni, avtotaʼmirlash, taʼmirlashmexanika, savdo asbobuskunalari, chinni, temirbeton zdlari va qurilish industriyasi, mebel kombinatlari, Kremenetsda boʻr zavodi, Chortkovda avtomobil zavodlari bor. Ternopolda, farmatsevtika fkasifabrikasi, ip gazlama kti (Ukrainadagi yirik ktlardan biri), Ternopol va Chortkovda tikuvchilik fkalarifabrikalari va sunʼiy koʻn zavodi, Terebovlyada poyabzal fabrikasi, Kremenetsda paxta fabrikasi joylashgan.
 
Qishloq xoʻjaligi gʻalla, lavlagi va sutgoʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla, yemxashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi.