Botsvana — versiyalar orasidagi farq

18 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
k (removed Category:Afrika using HotCat)
k
{{Botsvana_info}}
'''Botsvana''', (Botswana), Botsvana Respublikasi ({{lang-en|Republic of Botswana}}) — Janubiy Afrikadagi davlat. Maydoni 600,4 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 2 098 018 kishi (2012). Poytaxti [[Gaborone]] shahri Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi. Mamlakat hududining 17 % qoʻriqxona va milliy bogʻlardan iborat. Har yili 300 mingga yaqin turist kelib ketadi. Pul birligi  pula.
 
== Davlat tuzumi ==
Botsvana respublika. [[Buyuk Britaniya]] boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. [[1966-yil]] 30-sentyabrda qabul qilingan va keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat va hukumat boshligʻi prezident. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi Milliy assambleya (parlament). Milliy assambleya spiker va 45 deputatdan iborat. 40 deputatni aholi umumiy saylov yoʻli bilan saylaydi, 4 deputatni respublika prezidenta tayinlaydi, bosh prokuror lavozimiga koʻra parlament aʼzosi hisoblanadi. Ijrochi hokimiyat prezident, vitseprezident va hukumat tomonidan amalga oshiriladi. 15 aʼzodan iborat maslahat organi qabila boshliqlari palatasi ham bor.
 
== Tabiati ==
[[File:Botswana map.png|right|thumb|200px|Botsvana xaritasi.]]
[[File:Botswana sat.png|right|thumb|200px|sputnikdan olingan tasviri.]]
Botsvana Kalahari berk botigʻi va uning atrofidagi platolarni egallagan<ref name="Kalahari">{{cite web|url=http://www.mewt.gov.bw/DWNP/article.php?id_mnu=192|title=Central Kalahari Game Reserve|publisher=Department of Wildlife and National Parks|language=en|accessdate=2012-03-22|archiveurl=http://www.webcitation.org/67m6ejjX9|archivedate=2012-05-19}}</ref>. Yer yuzi tekislik, sharqi bir oz pastibaland. Oʻrtacha baland joyi 800–1000 m, gʻarbda 1200 m gacha boradi. Kembriygacha paydo boʻlgan jinslardan tarkib topgan zamin ustida yuqori boʻr va kaynozoy yotqiziqlari yotadi. Kumir, asbest, marganes, misnikel rudalari, olmos, tuz kabi qazilma boyliklari bor. Iqlimi quruq subtropik, shimolda tropik iqlim<ref>{{cite web|author=UNESCO|title=Gcwihaba Caves|url=http://whc.unesco.org/en/tentativelists/5558/|lang=en|accessdate=10 февраля 2013|archiveurl=http://www.webcitation.org/6EKsP5zfW|archivedate=2013-02-10}}</ref>. Oʻrtacha tratemperatura yanvarda 21—2721–27 C°, iyulda 16 C°. Yiliga 250–600&nbsp;mm yogʻin yogʻadi. Limpopo daryosi irmoqlari oʻtadigan qizilqoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Arslon, qoplon, chiyaboʻri, sirtlon, zebra, jayran, kaltakesak, ilon kabi xilma-xil jonivorlar bor. Milliy bogʻlari: Imsbok, Chobe, Nskay-Pan<ref name=geonations>{{cite web|url=http://www.nationsencyclopedia.com/Africa/Botswana-LOCATION-SIZE-AND-EXTENT.html|author = Encyclopedia of Nations.|title=Botswana — Location, size, and extent|lang=en|accessdate=1 октября 2009}}</ref> .
 
== Aholisi ==
Aholisi, asosan, bantu tillari guruhiga kiruvchi tavanalardir (jami aholining 75%). Shimoli-sharq va choʻl hududlarda bushmenlar yashaydi. Bir necha ming yevropaliklar bor. Aholining 62% [[Xristian dini|xristianlar]]; 32% anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Aholining 24,1% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili ingliz va setsvana yoki tsvana tillari. Yirik shaharlari Gaborone, Frensistaun, Lobatsi.
 
== Tarixi ==
[[File:Khama statue.jpg|thumb|left|200px|Gaboronedagi Kxama Seretsening haykali.]]
[[File:Moremi elephant.jpg|thumb|right|200px|Fil]]
Botsvananing 19-asrgacha boʻlgan tarixi kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, B.ning tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini yigʻish bilan shugʻullanganlar. Taxminan milodiy 8-asrda rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalahari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. Botsvananing hozir asosiy aholisi tsvanalar avval hozorgi Transvaalda yashagan. Shimoldan bostirib kelgan xalqlar qisuvida ular 17-asr oxiri  18-asr boshlarida Botsvanaga kelib qolganlar. 19-asr boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Janubiy zulular bilan boʻlgan urushlar Botsvanani gʻorat qildi. [[1820-yil]] Botsvanada yevropaliklarning birinchi xristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Janubiy Afrikani qoʻlga kiritishda Botsvanadan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya [[1885-yil]] hozorgi Botsvanani Bechuanalend nomi bilan oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. Botsvana aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-asrning [[1930-yil]]larida avj olib ketdi. [[Ikkinch jahon urushi]]da inglizlarning [[Yaqin Sharq]] va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin [[Afrika]]da boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya Botsvanaga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. [[1966-yil]] 30-sentyabrda Bechuanalend Botsvana nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Botsvana Afrika qitasining janubiy qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi<ref>{{cite web|url=http://www.vz.ru/news/2008/4/1/156217.html|title=Президент Ботсваны досрочно ушёл в отставку|author=Взгляд.ру|accessdate=6 октября 2009|archiveurl=http://www.webcitation.org/616xOccM6|archivedate=2011-08-22}}</ref>. [[1966-yil]] oktyabrdan [[BMT]] aʼzosi. Milliy bayrami: 30-sentyabr  Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966)<ref>{{cite web|title=Okavango Delta - Botswana|author=GNF|url=http://www.globalnature.org/docs/02_vorlage.asp?id=29987&domid=1011&sp=E&m1=11089&m2=28219&m³=18849&m4=29987|lang=ru|accessdate=13 января 2010|archiveurl=http://www.webcitation.org/616xMtoT4|archivedate=2011-08-22}}</ref>.
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
 
== Xoʻjaligi ==
Botsvana  kon sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning negizini tashkil etadi. Unda aholining 75 % band. Chorvachilik  xoʻjalikning eng muhim tarmogʻi. Qoramol, echki, qoʻy, ot, eshak va xachir boqiladi. Joʻxori, tariq, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkaklilar va boshqalar ekiladi. Mamlakatdagi yevropalik fermer xoʻjaliklarida yer yongʻoq, tamaki, kartoshka, kungaboqar, sitrus mevalar, paxta ham yetishtiriladi.
 
== Sanoati ==
Sanoati mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin rivojlana boshladi. Mis, nikel, marganes, asbest, olmos ([[1995-yil]] 18,5 mln. qirot), koʻmir qazib olish yoʻlga qoʻyildi. Lobatsida mol soʻyish va konserva tayyorlash fkasifabrikasi bor. Suyak uni, yogʻ, sovun va pivo ishlab chiqaradigan kichik kor[[x]]onalar mavjud. Bir yilda 929 mln. kVtsoatKilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
 
== Transport ==
[[File:Gaborone Airport.jpg|thumb|left|250px|Gaboronedagi aeroport.]]
Botsvanada temir yoʻl uzunligi 900&nbsp;km, avtomobil yoʻllari uzunligi 15 ming km ga yaqin (uning 4,5 ming km qattiq qoplamali). Asosiy aeroporti  Gaborone shahrida<ref name=transportnat>{{cite web|author=Encyclopedia of Nations.|title=Botswana — Transportation|url=http://www.nationsencyclopedia.com/Africa/Botswana-TRANSPORTATION.html|lang=en|accessdate=4 октября 2009}}</ref>. Botsvana chetga marganes rudasi, olmos, mis, nikel, chorvachilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mexanizmlar va asbobuskunalar, don, un, toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar, keng isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi asboblari, [[neft]] mahsulotlari va boshqalar keltiradi<ref>{{cite web|author=Botswana Tourism Board.|title=Transport in Botswana|url=http://www.botswanatourism.co.bw/getting_in/transport_in_botswana.html|lang=en|accessdate=4 октября 2009|deadlink=404}}</ref>.
 
== Matbuoti ==
== Xalq maorifi va ilmiy muassasalari ==
[[File:University of Botswana Faculty of Business.jpg|thumb|right|200px|Botsvana Universitetining korpusi]]
[[1970-yil]]larning boshlarida boshlangich maktabda oʻqish haqi 2 baravar qisqartirildi; [[1976-yil]] setsvana yoki tsvana tilini oʻrganish, [[1980-yil]]dan bolalar uchun 6 yoshdan bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktablar  7 yillik; oʻrta maktablar  5 yillik, pulli<ref>{{cite web|title=Botswana — Education|author=Encyclopedia of nations.|url=http://www.nationsencyclopedia.com/Africa/Botswana-EDUCATION.html | lang=en| accessdate=5 октября 2009}}</ref>. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich va toʻliq oʻrta maktablar negizida hunartexnika taʼlimi amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlarida tayyorlanadi. [[1982-yil]] Gaboroneda Botsvana davlat unta tashkil etilgan (3 mingga yaqin talaba taʼlim oladi). Bundan tashqari Botsvana qishloq xoʻjalik kolleji (1967), unt huzuridagi Taraqqiyot va madaniy tadqiqotlar milliy instituti ham bor. Gaboroneda Botsvana [[kutubxona]]si (1968) va Milliy arxiv (1967), milliy muzey va badiiy galereya (1968), Mochudida etnografiya muzeyi (1976) ishlaydi<ref name=edu>{{cite web|title=Botswana Education|author=Maps of World.|url=http://www.mapsofworld.com/botswana/education/|lang=en|accessdate=5 октября 2009|archiveurl=http://www.webcitation.org/616xl3rXD|archivedate=2011-08-22}}</ref>.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Mamlakat shimoli-sharqidagi Ramokgveban harobalarining qoldiqlari asosida qilingan taxminlarga koʻra, Botsvana aholisi qadimda balandligi 4,5 m ga yaqin devorli choʻziq doirasimon tosh uylar qurgan, tomini „baliq suyagi“ toifasidagi gʻishtin hoshiya bilan bezagan, yoniga kesik konus shaklida 9 m gacha balandlikdagi minora tiklagan. Mahalliy aholi suv manbalari atrofidagi manzilgoxlarda yashaydi. Qoziq devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonda 5—65–6 kulba muayyan tartibqoidasiz erkin joylashtiriladi. Aksariyati sirtidan tirgaklar bilan mustahkamlangan konus shaklidagi kulbalardan iborat. Toʻqima devorlar loy bilan suvalib, oqlab qoʻyiladi. Odatda kulbaning derazasi boʻlmaydi, poli yer. Ahyonahyonda tosh yoki gʻishtdan qurilgan, derazali va guvala pechli toʻrtburchak uylar uchraydi. Gaboroneda temirbeton konstruksiyalardan jamoat va savdo-sanoat binolari qurilmoqda. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Munchoq, mis sim va temirdan ayollar zebziynat buyumlari yasaladi. Qush va hayvonlar tasvirlangan sopol idishlar uchraydi. Poxoldan toʻqilgan xaltachalarga rangdor naqshlar solinadi, hayvon terisidan gilamchalar yasaladi.
 
== Musiqasi ==