Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k fix bot error
kTahrir izohi yoʻq
Qator 17:
 
=== Xoʻjaligi va sanoati ===
Buryatiyada mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi-8, Mi-17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir zavodi), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" zavodi), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton k-tikombinati), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar zavodi) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasifabrikasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya zavodida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio zavodida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr stansiyasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr stansiyasi bor.
 
Qishloq xoʻjaligida mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. Buryatiya janubida va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi.