Termiz tumani — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
{{manba}}
 
{{Maʼmuriy birlik
|Rang1 = {{rang|Oʻzbekiston}}
}}
 
'''Termiz tumani''' - [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo viloyatidagi]] tuman. 1926 y.yil 29 sent.dasentabrda tashkil etilgan. Jan.Janubiy va gʻarbdan [[Afgʻoniston]], sharkdan [[Tojikiston]], shim. danshimolidan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shim.shimoli-gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km². Aholisi 78,6 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi — Uchqizil qishlogʻi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20T%20harfi.pdf T-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Tabiati ==
Tabiati. Termiz tumani respublikaning eng jan.da, Termiz sh.shahri yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor togʻ tizmasining davomi Toʻyintogʻ, Kaykitogʻ va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq choʻllari hamda uning davomi — Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Jan. va gʻarbi — Surxondaryoning Amudaryoga quyilgan qismi va Amudaryo, Surxondaryo sohillaridan iborat boʻlib, tuprogʻi taqir va shoʻrxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali oʻtadi. Foydali qazilmalardan neft topilgan. Tuprogʻi, asosan, och sargʻish qum aralash tuproq. Adir va soyliklarda (shim.gʻarbida) qoʻngʻir qum tuproq boʻlib, chirindisi ancha kam. Surxondaryo sohillarida toʻqay qoʻngʻir tuprogʻi va qum tuproq uchraydi. Oʻsimliklardan oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, terak, qiyoq, qamish; togʻlarning baland qismida betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Amudaryo vodiysida toʻqayzorlar bor.
 
Yovvoyi hayvonlardan daryo boʻylaridagi qamishzor va choʻllarda qirgʻovul, kaklik, tustovuq, quyon, jayra, boʻri, chiyaboʻri, tulki, yovvoyi mushuk uchraydi. Termiz tumani hududida Surxondaryo qoʻriqxonasi joylashgan.
Tumanda Zang kanali (Surxondaryodan suv oladi), Gʻalaba, AmuZang (Amudaryodan suv oladi) sugʻorish kanallari, Uchqizil suv ombori qurilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyul oyning oʻrtacha trasi 31,4°, eng yuqori temperatura 48° ga yetadi. Yanv. oyining oʻrtacha trasi 2,8°, eng past temperatura —21°. Tumanning jan.sharqiy qismida "Afgʻon shamoli" esadi va ekinlarga zarar yetkazadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda traning yuqoriligi, iliqissiq kunlarning uzoq davom etishi tumanda issiqsevar subtropik oʻsimliklar — ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin yetishtirishga imkon beradi.
 
== Aholisi ==
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (80,2%), shuningdek, turkman, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1&nbsp;km² ga 91,4 kishi toʻgʻri keladi.
 
== Iqtisodiyoti ==
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, mevachilik, poliz va sabzavotchilik. Ingichka tolali paxta yetishtirish ilk bor Termiz tumani da sinab koʻrilgan. Tuman hududida Oʻzbekiston paxtachilik i.t. institutining Surxondaryo filiali ishlab turibdi. Bu yerda seleksioner olimlar soʻnggi yillarda ingichka tolali serhosil va tezpishar paxta navlarini yaratmoqdalar. "Termiz 1", "Termiz 16", "Termiz 24", "Termiz 31", navlaridan yuqori hosil olinmoqsa. Tumandagi jami 599 korxonadan 92 tasi davlat va 507 tasi nodavlat korxonalardir.
 
Termiz tumani da 4 qoʻshma korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 20 masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va 339 sanoat, qurilish va boshqa korxonalar bor.
Tuman hududida "Jayranxona" balneologik shifoxonasi, Respublika tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot intining 180 oʻringa moʻljallangan Termiz filiali tashkil etilgan. Bu yerda qum vannasi, bugʻ terapiyasi, mineral suv, tuz gʻorlari kabi davolash usullari bor. Bemorlarni muolaja qilishda mineral suvi, qum va togda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan ichimliklardan keng foydalaniladi. Sayyoxlik maskani barpo etilgan.
 
1990 y. dayilda tumanda radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni kuchlantirib beruvchi teleminora (bal. 368 m) ishga tushirildi.
 
Termiz tumani hududida Eski Termiz xarobalari (umumiy maydoni 300 ga) saklanib qolgan. Shuningdek, Qoratepa, Chingiztepa, Qirqqiz qalʼasi, Toʻrtauz gumbaz maqbarasi xarobalari, ZulKifl mozori, Uyiqgumbaz, Xoʻja Roʻshnoiy maqbaralari, Hakim atTermiziy, Sulton Saodat meʼmoriy majmualari, Katta masjid, Kokildor ota xonaqohi kabi meʼmoriy yodgorliklar saklangan.
 
== Manbalar ==
{{no iwiki}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->