Termiz tumani — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
Termiz tumani da 4 qoʻshma korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 20 masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va 339 sanoat, qurilish va boshqa korxonalar bor.
 
Tumandagi 13 ming ga sugʻoriladigan yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 5400 ga yerga paxta, 5179 ga yerga gʻalla, 560,2 ga yerga sabzavot, 122,2 ga yerga kartoshka, 104 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. 394 ga mevazor, 242 ga yer tokzor bilan band. Ihota daraxtzorlari, oʻrmonzorlar mavjud. Termiz tumani da 9 shirkat, 1858 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi, parrandachilik fkasifabrikasi ishlab turibdi (2004).
 
Tumanda jami 24,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,5 ming sigir), 39,6 ming qoʻy va echki, 329,7 ming parranda, 226 ot boqiladi (2003). Tuman hududidan t.y. liniyasi oʻtgan. Tuman markazi (Uchqizil qishlogʻi) dan Termizga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.