Sanoat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Sanoat''', deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi [[korxona]]lar ([[zavod]], [[fabrika]], [[kon]], [[shaxta]], [[elektr stansiya]], [[ferma]] va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat [[xalq xoʻjaligi]]ning muhim sohasidir.
 
SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fkalarfabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishnmtt asosini tashkil etadi va industrial oʻsiipsh taʼminlaydi. 20-a.ningasrning 80y.larida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
 
Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15-a.lardaasrlarda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-a.asr oxiri — 19-a.asr boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.
 
Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-a.ningasrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.
 
1913 yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.
 
20-a.ningasrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q. [[Yengil sanoat]]), 1937 yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-a.ningasrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.
 
1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (q. [[Kimyo sanoati]]). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q. [[Rangli metallurgiya]]).
Qator 22:
2002 yilda Oʻzbekiston Sanoatda 1467 ta oʻrta va yirik ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy ishlab chiqarish hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi (yana Avtomobil sanoati, [[Yengil sanoat]], Yogʻmoy sanoati, Mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga q.).
 
Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.<ref>Musayev, Nuriddin. "{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20S%20harfi.pdf S-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Adabiyot ==
* Karimov I. A. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Kari mov I. A. Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomika Oʻzbekistana i stran SNG, T., 2001; Oʻzbekiston Respublikasi, T., 2001.
 
Nuriddin Musayev.
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}