Yangiyoʻl tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{manba}}
 
{{Maʼmuriy birlik
|Rang1 = {{rang|Oʻzbekiston}}
Qator 64 ⟶ 62:
}}
 
'''Yangiyoʻl tumani''' — Toshkent viloyatidagi tuman. Viloyatning jan. gʻarbida. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb va shim.gʻarbda Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati, shim. va shim. sharqda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, jan.sharqsa viloyatning Quyi Chirchiq, jan. gʻarbda Chinoz tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km². Aholisi 157,7 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha (Gulbahor va Boʻzsuv), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdulla Ortiqov, Navbahor, Niyozboshi, Ubay Musayev, Xalqobod, Shoʻralisoy, Eski Qovunchi, Qoʻshyogʻoch) bor. Tuman markazi — Gulbahor shaharchasi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Ya%20harfi.pdf Ya-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, adirlar uchraydi. Yer yuzasida Chirchiqning 5 ta terrasasi (koʻhna qayir) ajralib turadi. Tuproklari boʻz, oʻtloqi tuproqlar. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 12,5° — 13°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°, yanvar
Qator 70 ⟶ 68:
niki —1°, —2". Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 280 – 282&nbsp;mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Chirchiq daryosi, Kurkuldak, Joʻn, Boʻzsuv, Shim. Toshkent kanallari va ariqlar oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, gʻumay, yantoq, shoʻra, pechak, ajriq, kakra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, quyon, jayra, boʻrsiq, parrandalardan yovvoyi oʻrdak va boshqalar uchraydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1&nbsp;km²ga 375, 5 kishi. Qishloq aholisi 140,8 ming kishi, shahar aholisi 16,9 ming kishi (2004). Xoʻjaligi. Tumanda Yangiyoʻl yogʻmoy kti, "Yangiyoʻl biokimyo" aksiyadorlik jamiyati, konserva, eksperimental taʼmirlashmexanika, gʻisht, asfaltbeton, "Marelli" xususiy vino zavodi, Yangiyoʻl vino zavodi, Quyi Boʻzsuv GES, MTP, "Osiyoekspress" i. ch. korxonasi, baliq urchitish xoʻjaligi, broyler parrandachilik, inkubatoriyaparrandachilik fkalarifabrikalari bor. Yangiyoʻl tumani da paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, pillachilik bilan shugʻullaniladi. Sugʻoriladigan maydonlarga paxta, gʻalla, sabzavotpoliz ekinlari ekiladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, agrar birlashmasi, choʻchqachilik xoʻjaligi va boshqa q.x. korxonalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasbhunar maktabi, kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat saroyi, klub muassasalari bor. Stadion, sport zallari, otish tirlari, 3 tennis korti, futbol, mini futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam markazi, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, feldsherakusherlik punktlari va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Nov qishlogʻida dam olish uyi joylashgan, shuningdek, kardiologiya kasalliklari sanatoriysi bor. Tuman hududidan Katta Uzbekiston trakti, Toshkent temir yoʻli oʻtadi. Yangiyoʻl tumani da Qoʻshtepa, Qoratepa, Yoʻgʻontepa, Niyozboshtepa, Shamatepa, 1,2,3 Boʻzsuv tepalari arxeologik obʼyektlar hisoblanadi. 1930 yildan "Yangiyoʻl" tuman gaz. nashr etiladi (adadi 2738).
 
== Taniqli shaxslar ==
* [[Azizullo Izzatullayev]] ([[1925]] — [[1991]]) — [[Oʻzbekiston]]ning [[davlat]] va jamoat [[аrbob]]i, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi [[rais]]i oʻrinbosari ([[1962]]-[[1983]] yillar), [[Vatan urushi ordeni|"Vatan urushi"]] va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
* [[Darvishbek Rahmonov]] (8.04.[[1952]]) — [["Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi]] asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va [[Oʻzbekiston]]ning taniqli [[sirk]] [[sanʼat]]i [[аrbob]]i.
* [[Ulugʻbek Soliboyev]] (4.08.[[1969]]) - [[Oʻzbekiston]]ning jamoat [[arbob]]i, "[[O’zbekiston temir yo’llari]]" Aksiyadorlik jamiyati elektr xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, bosh revizori.
 
{{no iwiki}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->