Chirchiq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 63:
Toshkent Chorvoq [[temir yoʻl]]dagi stansiya va [[avtomobil yoʻli|avtomobil yoʻllari]] chorrahasi. Ch. 1932 yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 yil — 15 ming kishi, 1959 yil — 65 ming kishi, 1970 yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40- yil larda Industrial texnikumi binosi, 50- yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. 2-jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.
== Zavod va fabrikalar ==
Shaharda "Chirchiqqishloqmash", "Transformator", "Oʻzbekkimyomash", "Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, "Kibo", "Chirkom", "Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fkalarifabrikalari mavjud.
== Aholisi ==
Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq ko`p millatlarni o`z bag`riga sig`dirgan shahar. Chirchiqda o`zbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizg`iz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda.