Nepal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Nepal''' (Nepal), Nepal Qirolligi (Nepal Adhirajya) — Jan. Osiyoda, Himolay togʻining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 140,8 ming km². AxoliyeyAholisi 25,87 mln. kishi (2002). Poy-taxti — Katmandu shahri Maʼmuriy jihatdan 14 zona (zone)ra, zonalar tuman (district)lapra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
N.Nepal — konstitutsiyali monarxiya. 1990 yil 9 noyabrda qirol tomonidan eʼlon qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (2001 yildan Gyanendra Bir Bikram Shoh Dev). Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Milliy kengash), ijroiya xrkimiyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 33:
Qishloq xoʻjal i gining asosiy mahsuloti — sholi. N.da shakarqamish, jut, choy, tamaki, yer yongʻoq, xantal, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya, sitrus mevalar, arpa, javdar, kartoshka, kora bushoy, tof sholisi, beda, ziravorlar ham yetishtiriladi. Ularning baʼzilari 4 ming m balandlikda ekiladi. N. shim.da qoʻtos, szo (qoʻtos bilan sigirning duragayi), qoʻy, echki, oʻrta va jan. qismida zebusimon sigir va buyvol boqiladi. Qoramoldan, asosan, ulov sifatida foydalaniladi. Togʻ oʻrmonlarida yogʻoch tayyorlanadi.
 
Sanoati aksariyat kichik va yarim kustar korxonalardan iborat. Ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanib, oziqovqat va keng isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Birganj, Biratnagarda qand-shakar, Janakpurda tamaki, sholi oqlash va boshqa oziq-ovqat korxonalari, jut va ip gazlama fkalarifabrikalari bor. Yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo, charm poyab-zal, gʻishtcherepitsa ishlab chiqarish, temirchilik korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Foydali qazilmalar — koʻmir, oltin, ohaktosh, temir ruda, slanets, mis, qoʻrgʻoshin, slyuda, magnezit, talk, oxra konlari topilgan boʻlsa ham, deyarli oʻzlashtirilmagan. Ulardan oz miqdorda kustar usudda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 740 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
 
Transporti sust taraqqiy etgan. Avtomobil va ot-ulov yoʻllari uz. — 7007&nbsp;km, tor izli temir yoʻl uzunligi — 104&nbsp;km; 42&nbsp;km.lik osma yoʻl bor. Hindiston, Bangladesh, Myanma, Pokiston, Tailand bilan aviatsiya qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.