Niger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 26:
 
== Sanoati ==
Nigerda uran, qalay, gips, osh tuzi, soda qazib olinadi. Niger sanoati mahsulotining 3/4 qismini oziq-ovqat korxonalari beradi. Mara-di, Magaria va Matameydagi yogʻ zavodlari 130 ming t yer yongʻoqni qayta ishlaydi. Zinderda yer yongʻoq tozalaydigan 3 ta zavod, un-yorma korxonasi, Niameyda sut zavodi va sovitkichli kushxona, Tillaberi va Niameyda sholi oklash fkalarifabrikalari, Niamey va Maradida pivo zavodlari bor. Toʻqimachilik f-kasifabrikasi, 5 ta paxta tozalash korxonasi, koʻnchilik zavodi mavjud. Binokorlik materiallari (sement, sopol taxtachalar), kimyo mahsulotlari (sovun, upa-elik va dori-darmon) ishlab chiqariladi. Avtomashina kuzovi va tirkamalari yigʻiladi, mebel va mayda qishloq xoʻjaligi anjomlari va boshqa ishlab chiqariladi. Kashtachilik, koʻnchilik, kulolchilik ichki bozorda muhim oʻrin oladi. Yiliga oʻrtacha 168 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Mamlakat ehtiyoji uchun za-rur elektr energiyaning 50% Nigeri-yadan olinadi.
 
Nigerda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 19 ming km, shundan 3 ming km asfalt -. langan. Niger daryosida kemalar katnaydi. Niamey va Agadesda xalqaro aeroport bor. Chetga uran ekstraktlari, ti-rik mol va chorvachilik mahsulotlari, arahis yogʻi, paxta, sabzavot chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, don, transport vositalari va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya, Jazoir. Pul birligi — Afrika franki.