Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fransiya''' (-{France}-), Fransiya Respublikasi (-{République Française}-) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.dajanubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 66,7 mln. kishi (2016). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari ([[Gvadelupa]], [[Martinika]], Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari ([[Taiti]], Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
 
== Davlat tuzumi ==
F.Fransiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 yil referendum da qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
F.ningFransiyaning sharq va jan.da togʻ tizmalari, markazining jan. qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. F.dagiFransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, F.Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. F.Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi F.Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.daFransiyada foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.
 
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f.Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shim.da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va jan.gʻarbda 5—7°, mamlakat jan.da 8—10°. Iyul va avg .daavgustda tekisliklarda 16—18°, shim.dashimolida 20—22°, jan. janubi-gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500–2000&nbsp;mm) [[Alp]], Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. F.daFransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang , chimli kulrang , qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda "terra rossa" deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan. da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).
 
== Aholisi ==
Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring , katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg , Bordo, Monpelye, Lill.
 
== Tarixi ==
[[File:Acta Eruditorum - III mappe Francia, 1703 – BEIC 13363829.jpg|thumb|''Francia'', 1703]]
F.Fransiya hududida odam juda kddim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda F.Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan F.Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat "F.Fransiya" deb atala boshladi. [[1302]] y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. F.Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush ([[1337]]—[[1453]]) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya ([[1358]]) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida F.Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. F.Fransiya qirollari Gʻarbiy [[Yevropa]]da oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. [[Oʻttiz yillik urush]]). 17-asrga kelib F.Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida F.Fransiya Gʻarbiy [[Yevropa]]ning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo [[Ispaniya]] merosi uchun boʻlib oʻtgan urush ([[1701]] — [[1714]]) va nihoyat Yetti yillik urush ([[1756]]—[[1763]]) natijasida F.ningFransiyaning Shim.Shimoliy [[Amerika]] ([[Kanada]] va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent [[1792]] y. 22 sentabrda F.daFransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent [[1793]] y. [[24 iyun]]da demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent ([[1794]]—[[1795]]) va Direktoriya rejimi ([[1795]]—[[1799]]) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, [[1804]] yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F.Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F.Fransiya hududi birmuncha kengayib, [[Yevropa]]da F.gaFransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ningFransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. [[1814]]—[[1815]] va [[1815]]—[[1830]] yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. [[1815]] y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda ([[1815]] y. [[18 iyun]]) u magʻlubiyatga uchragach, [[Parij]] sulhiga muvofiq, F.Fransiya [[1790]] y.gi chegarasiga qaytarildi. [[1830]] y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.daFransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
 
[[1848]] y. fevral inqilobi natijasida F.daFransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). [[1851]] y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. [[1852]] y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. [[1870]]—[[1771]] yillardagi F.Fransiya — [[Prussiya]] urushida F.Fransiya yengilib turgan sharoitda ([[1870]]) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. F.Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 yil [[18 mart]]da qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. [[1871]] y. [[Frankfurt]] sulh shartnomasiga koʻra, F.Fransiya [[Elzas]] va [[Lotaringiya]]ning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. [[1875]] y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika ([[1870]]— [[1940]]) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, F.Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida F.Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. F.Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli [[1891]]—[[1893]] yillarda F.Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq [[1904]] y.gi F.—Fransiya— [[Buyuk Britaniya]] bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. F.Fransiya 1jaqon1-jahon urushi ([[1914]]—[[1918]])da qatnashdi. [[Olmoniya]]ning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, F.Fransiya [[Yevropa]]da oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.daFransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagiFransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). [[1936]] y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. [[1938]] y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. [[1939]] y. 3 sentabrda F.Fransiya [[Olmoniya]]ning F.Fransiya ittifoqchisi boʻlgan [[Polsha]]ga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo [[Polsha]]ga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. [[1940]] y. may oyida Olmoniya qoʻshinlari F.Fransiya hududiga bostirib kirdi. [[10 iyun]]da F.gaFransiyaga [[Italiya]] urush eʼlon qildi. [[14 iyun]]da esa Olmoniya qoʻshinlari [[Parij]]ni urushsiz egalladilar. [[22 iyun]]da F.Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. [[Olmoniya]] qoʻshinlari F.Fransiya hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. [[1942]] y. [[11 noyabr]]da Germaniya bilan [[Italiya]] bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. [[1940]] y. general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 yildan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga F.ningFransiyaning [[Afrika]]dagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta [[Kongo]], [[Gabon]] va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. [[1941]] y. 24 sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi F.Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. [[1943]] y. [[3 iyun]]da Jazoirda general de Goll raqbarligida F.Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. [[1944]] y. [[2 iyunda]] AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F.Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 yil oxmriga kelib, F.Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.
 
2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, F.Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. [[1946]] y. 24 dek.da demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.
 
Toʻrtinchi respublika davri ([[1946]]—[[1958]]) boshlandi. [[1949]] y. Shim. Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida "milliy najot" hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan F.Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda F.Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966 yil martda F.Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965 yil 19 dek.da Sh. de Goll qaytadan 7 yilga prezident etib saylandi. 1968 yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik F.niFransiyani larzaga keltirdi. 1968 yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. F.Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969 yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969 yil "Respublika uchun demokratlar ittifoqi" partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981 yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88 yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988 yil F.Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000 yil 25 sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 yildan 5 yilga oʻzgartirildi. 2002 yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. F.Fransiya — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992 yil 3 yanvarda tan olgan va 1992 yil 1 martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
F.Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971 yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962 yil tuzilgan, 1976 yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978 yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965 yil tashkil etilgan, 1995 yildan hozirgi nomda; F.Fransiya kommunistik partiyasi, 1920 yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi F.dagiFransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895 yil tuzilgan; F.Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 yil asos solingan; F.Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919 yil asos solingan; "Fors uvriyer", kasaba uyushma markazi, 1947 yil tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
F.Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7%., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4% ni tashkil etadi (2002).
 
== Sanoati ==
F.Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqyaari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. F.daFransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va jan.da kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. F.ningFransiyaning jan.gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya k-tlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun F.Fransiya hududida qazib olinadi. "Reno" va "Pejo" kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. F.Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.
 
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6% ni tashkil qiladi, shundan 40% yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shim. Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy F.Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.
 
Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.
 
== Transporti ==
Temir yoʻl uzunligi 42000&nbsp;km. Soatiga 300&nbsp;km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va F.ningFransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.
 
== Tashqi savdosi ==
F.Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va h.k.larni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg , Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. F.daFransiyada xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.
 
== Tibbiy xizmati ==
Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va "shahar tibbiyoti" deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. F.daFransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va h.k.) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va h.k.lardir. Shu tufayli F.daFransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905 yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959 yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99%. 2—3 yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.
Qator 50 ⟶ 51:
Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa
 
Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya in-tiinstituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat i.t.ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i.t.ilmiy tadqiqot markazlari: "Noraviasion", "Elektrisite de Frans", "Sharbonaj de Frans", "Gaz de Frans", "SenGoben", "FransAtom", "MerlenJeren", "Krezo" va "Shneyder" kompaniyalari.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.daFransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.daFransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: "Figaro" (kundalik gaz., 1826 yildan), "Le Pariziyen" ("Parijlik", kundalik gaz., 1944 yildan), "Mond" ("Tinchlik", kundalik gaz., 1944 yildan), "Frans Suar" ("Fransiya oqshomi", kundalik kechki gaz., 1941 yildan), "Oror" (kundalik gaz., 1944 yildan), "Krua" ("Xoch", kundalik kechki katolik gaz., 1880 yildan), "Yumanite" ("Insoniyat", kundalik gaz., 1904 yildan), "Uest—Frans" ("Gʻarbiy Fransiya", kundalik gaz., 1944 yildan), "Syud—Uest" ("JanubiGʻarb", kundalik gaz., 1944 yildan), "L ekspress" (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 yildan), "Pari match" ("Parij matchi", haftalik bezakli jur., 1949 yildan), "MariKler" (oylik jur., 1954 yildan) va boshqa
 
Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944 yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: "Radio Frans", 1975 yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, "Antenn—2", "Frans rejone" davlat televideniye kompaniyalari, 1975 yil tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, "Avliyo Yevlaliya haqida kantilena"). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. "Roland haqida qoʻshiq" asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. "Russilonli Jirar" asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning "Aleksandr haqida roman", "Fiva haqida roman", "Eney", "Troya haqida roman" (barchasi 1140—65 yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) "Erek va Enida", "Iveyn", "Perseval" va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, "Fluar va Blansheflor", "Okassen va Nikolet" kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar F.Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.
 
15-asr oxirlarida F.daFransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining F.dagiFransiyadagi yirik vakili F.Fransiya Rable (1494—1553) "Gargantyua va Pantagryuel" asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida F.Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. "Pleyada" deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. "Pleyada" sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) "Pleyada"ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining "Tartyuf", "Mizantrop", "Xasis", "Don Juan" va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.
 
17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning "Telemakning sarguzashtlari" romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning "Andromaxa", "Britannik", "Fedra" asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteskye ("Fors maktublari") bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751 yildan D. Didro, J.L. D’Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.
 
18-asr 2yarmi — 19-asr boshida F.Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de Lakloning "Xavfli aloqalar" romani, Bomarshening "Figaroning uylanishi" komediyasida namoyon boʻldi. K.J. Ruje de Lillning "Marselyeza" qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19a.19-asr boshlarida F.Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71 yil F.Fransiya-Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871 yil iyunda "Internatsional" sheʼri va 1876 yil "Parij Kommunasi" dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. 1-jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919 yil "Klarte" Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985 yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvchilar F.Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.
 
F.Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperiSent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
F.Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120 yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).
 
12-asrda Shimoliy F.Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-asrning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardo da Vinchi) tashqari, F.ningFransiyaning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.
 
17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.
Qator 78 ⟶ 80:
18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi ("GrandOpera" teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi "Kastel Beranja" mehmonxonasi). 1860 yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—30 yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—70-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.
 
1980-yillardan F.Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), Sen Jermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), "Ateney" teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.
 
== Tasviriy sanʼati ==
F.Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.
 
10—12-asrlarda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saklanib krlgan. F.ningFransiyaning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-asrlarda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning "Berriy gersogining eng boy chasoslovi" (taxminan 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-asr urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-asr boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.
 
Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida F.Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18a.18-aar oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning "Marselyeza" asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 yilgi inqilob F.Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851 yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860 yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-yillar x,aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.
 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda "modern" uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905 yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907 yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-jahon urushidan soʻng syurrealizm, 2-jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, F.Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945 yildan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, F.Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.
== Musiqasi ==
F.Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87 yillar "Grand opera" teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini ("Dezertir", 1769), A.E. M. Gretri ("Lyusil", 1769) kiradi. Komik operalar "Opera komik" teatri (1715 yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 yil J. Ruje de Lil tomonidan "Marselyeza" yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 yil Parijda Milliy musika in-tiinstituti (1795 yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi ("Karmen", 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. F.daFransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan soʻng F.Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi ("Oltilik" kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). 2-jahon urushidan soʻng F.Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long , R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg , Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, "Sxola kantorum" (1894 yil asos solingan), "Ekol normal de myuzik" (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, F.Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.
 
== Teatri ==
F. teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning "Xudo ehtiroslari misteriyasi"dir. 1599 yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634 yil "Mars" teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan "Komedi Fransez" teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791 yil "Teatrlar erkinligi haqida dekret"dan soʻng , Parijda 19 teatr tashkil topdi. "Komedi Fransez" teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning "Ernani" dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848 yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. "Erkin teatr" va "Antuan teatri" asoschisi, "Odeon" teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910 yil J. Rushe tomonidan "Teatr dez Ar" tashkil etildi. 1926 yil toʻrt buyuk rej.rejissyor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — "Kartel" tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. 2-jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik F.ningFransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan "Komedi Fransez"ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rej.lardanrejissyorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan "1789" va "1793" teatrlarining tashkil topishi F.Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.
 
Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rej.rejissyor J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda "Kompani Reno—Barro" truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida "absurd teatri" katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan F.Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda F.Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, "Grandopera", "Komedi Fransez", "Odeon" va "Shayo" milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rej.larrejissyorlar mashxur. F.daFransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. "Komedi Fransez" teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954 yil tashkil etilgan "Xalklar teatri"da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.
 
== Kinosi ==
Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli "Poyezdning kelishi", "Bolani emizish", "Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi" filmlari) 1895 yil 28 dek.da Parijda namoyish etilgan. F.Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning "Film d’ar" firmasi kinoga mashxur dramaturg , aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 yilda rej.rejissyor A. Gans urushga qarshi ruhdagi "Men ayblayman" pamfletini, rej.rejissyor A. Antuan esa bir qancha filmlar ("Yer", 1921; "Arlezianlik ayol", 1922)ni yaratdi. 1-jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak "Avangard" harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rej.larrejissyorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va "Yangi janoblar" (1928, rej.rejissyor J. Feyder), "Nana" (1926) va "Kichik gugurt sotuvchi" (1927, rej.rejissyor J. Renuar), "Somon shlyapa" (1927, rej.rejissyor R. Kler)].
 
30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida F.Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; "Oktyabr" va "Erkin kino" uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun "Marselyeza" (1938, rej.rejissyor R. Renuar), "Buyuk sarob" (1937, rej.rejissyor R. Renuar), "Oxirgi milliarder" siyosiy satirasi (1934, rej.rejissyor R. Kler), "Ahil kompaniya" (1936, rej.rejissyor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi "Kechki mehmonlar", "Osmon sizlarga tegishli" kabi filmlarni yaratdilar. 1944 yil "Parijni ozod etish" filmi chiqarildi. "Rayka bolalari" filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. Rej.rejissyor R. Klemanning "Relslar ustidagi jang" filmi ozod etilgan F.ningFransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: "Parma ibodatxonasi" (1948, rej.rejissyor KristianJak), "Qizil va kora" (1954, rej.rejissyor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), "Tereza Raken" (1953, rej.rejissyor M. Karne), "Jerveza" (1956, rej.rejissyor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), "Oʻlimga mahkum qilingan qochdi" (1956, rej.rejissyor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashxur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. F.Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. "Kun va soat" (1963), "Parij yonyaptimi?" (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968 yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining "Bayram kuni" (1949), "Mening amakim" (1958), Kristian Jakning "FanfanTyulpan" (1952), "Qonun — bu qonun" (1958), P. Eteksning "Ohtortuvchi" (1963), "Yoyo" (1965) filmlari komediya janriga mansub. F.Fransiya kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning "Qizil shar"), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943 yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rej.rejissyor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946 yildan Kannda har yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936 yil "Sinematika", 1972 yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976 yilda Amerikaning "Oskar" mukofotiga oʻxshash "Sezar" milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rej.larrejissyorlar J.Sh. Takell ("Jiyanlar", 1975), D. Vin ("Martin Gerrning qaytishi", 1984), D. Kyuri ("Oramizda", 1985), K. Berri ("Jan de Florett", 1987), J. Rivett ("Maftunkor yongʻoq daraxti", 1991), R. Varnyer ("Hindixitoy", 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. F.daFransiyada 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).
 
== Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari ==
Qator 107 ⟶ 109:
 
Aholisi 64,5 mln kishi( shu jumladan 90 % dan ortig'i — fransuzlar). Administrativ-hududiy bo'linishi:100 departamentni (96 tasi metropoliyalarda и 4 tasi dengizorti departament) o'z ichiga oluvchi 26 region, (22 tasi metropoliyalarda va 4 tasi dengizorti regionlar).
 
{|
| [[Tasvir:François Hollande (Journées de Nantes 2012).jpg|thumb|left|130px|[[François Hollande]], prezident]]
| [[Tasvir:Tour eiffel at sunrise from the trocadero.jpg|thumb|left|130px|''Tour Eiffel'', [[Parij]]]]
|}
 
{{Yevropa}}