Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k z-d →‎ zavod
kTahrir izohi yoʻq
Qator 6:
 
== Tabiati ==
B.Bolgariya relyefida togʻ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat oʻrtasidan (gʻarbdan sharqqa) Bolqon togʻlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib oʻtgan. B.Bolgariya shim.dashimolida Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop togʻlari oraligʻida Maritsa daryosi boʻylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.gʻarbida RilaRodop togʻlari bor. Rila togʻlarida Musala choʻqqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland choʻqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: koʻmir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qoʻrgʻoshinrux (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, maʼdanli suvlar va qurilish materiallari. B.ningBolgariyaning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Jan.da Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha temperaturasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shim. gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450–600 mm, togʻlarda 850–1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. B.Bolgariya daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sugʻorishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga koʻplab suv omborlari qurilgan. B. daBolgariyada koʻllar kam, borlari ham kichik koʻllar, asosan, Rila va Pirin togʻlarida. 500 dan koʻproq maʼdanli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va boʻz oʻrmon tuproq, Bolqon togʻlaridan jan.da qoʻngʻir va qoramtir, togʻlarda qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy oʻsimliklar faqat togʻlarda saqlanib qolgan. B.Bolgariya hududining 1/3 qismi oʻrmon, shundan 75% i keng bargli daraxtlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qaragʻay oʻrmonlari. 1700–2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Tekisliklarning koʻp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda — asl bugʻu, ohu, elik va togʻ echkisi, yovvoyi choʻchqa; togʻlarda — sassiqkoʻzan, boʻrsiq, latcha, boʻri, tulki, olmaxon; oʻrmonsiz shim. hududlarida yumronqoziq, olaxurjun va boshqa hayvon turlari bor. Qushlar va turli xil sudralib yuruvchilar koʻp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ‘ bogʻlari: Vitasha, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va boshqa
 
== Aholisi ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
B.ningBolgariyaning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Milodiy 1-asrda B.niBolgariyani Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan soʻng B.Bolgariya Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asr boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-asrning ikkinchi yarmida B.Bolgariya hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar — qad. bulgʻorlar (koʻchmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxti Pliska shahri boʻlgan Birinchi bulgʻor podsholigi (681—1018) ni tuzdilar. 9-asr oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar bilan qoʻshilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili boʻlib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185—87 yillarda akauka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari natijasida poytaxti Tirnovo shahri boʻlgan Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) tuzildi. 1396 yil B. niBolgariyani turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, ogʻir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 yilgi eng kuchli apr. qoʻzgʻoloni shafqatsizlik bilan bostirildi. 1877—78 yillardagi Rossiya [[Turkiya]] urushi natijasida rus askarlari yordamida B.Bolgariya turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram boʻlib qolaverdi. 1908 yil dan mustaqil podsholik tashkil topdi. B.Bolgariya 1912—13 yil lardagiyillardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. 1-jahon urushida (1915 yildan) [[Olmoniya]] tomonida harakat qildi. 1919 yilgi Nyoyi sulh shartnomasiga binoan kattagina hududidan, xususan Egey dengizi sohillaridan mahrum boʻddi. 1923 yil iyun toʻntarishidan keyin hokimiyatni qoʻlga olgan hukumat Sentabr qoʻzgʻolonini shafqatsiz bostirdi. 1941 yil martda B.Bolgariya Berlin paktiga jalb qilindi, Olmoniya qoʻshinlari B.Bolgariya xududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerchilar manfaatlariga boʻysundirildi. Bolgar xalqi oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. 1942 yilda tuzilgan Vatan fronti fashizmga qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirdi. 1943 yilda B.Bolgariya xalq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 yilda ZUkraina fronti qoʻshinlari B.Bolgariya chegaralariga kirgan paytda B.Bolgariya hukumati "toʻla betarafligi" ni eʼlon qiddi. 1944 yil 9 sentabr ga oʻtar kechasi Sofiyada monarxiyaning fashist hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. Reaksion hukumat agʻdarib tashlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. B.ningBolgariyaning davlat tuzumi toʻgʻrisidagi referendum qatnashchilari (92,7%) xalq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 yil 15 sentda B.Bolgariya Xalq Respublikasi eʼlon qilindi. 1990 yil Xalq majlisiga koʻp partiyali asosda oʻtkazilgan saylovda B.Bolgariya sotsialistik partiyasi gʻalaba qozondi, dek.da koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 yil apr. dagi parlament saylovida Demokratik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi gʻalaba qildi (bu ittifoq 1989 yilda tuzilgan edi). B.Bolgariya — 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 5 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — B.ningBolgariyaning Turkiya zulmidan ozod boʻlgan kuni (1878).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari ==
B.daBolgariyada 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: B.Bolgariya sotsialdemokratik partiyasi, 1891 yilda asos solingan, 1948 yilda faoliyatini toʻxtatgan,1989 yildan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; B.Bolgariya sotsialistik partiyasi, 1990 yil apr. da tashkil etilgan; B.Bolgariya biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da roʻyxatdan oʻtkazilgan; B.Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi, 1899 yilda asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, B.Bolgariya musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990 yil yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994 yilda asos solingan. B.Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi bilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989 yil dek.da tashkil etilgan. B.Bolgariya mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 yilda tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990 yilda asos solingan.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
B.Bolgariya — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. B.Bolgariya ning yoqilgʻienergetika zaxiralari cheklangan, qazib olinayotgan koʻmirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr stansiyalari beradi. Kozloduy shahri yaqinida atom elektr stansiyasi qurilgan. B.ningBolgariyaning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qoʻrgʻoshin, pyx va mis) ga boʻlgan ehtiyojini toʻlatoʻkis, prokat va qora metallga boʻlgan ehtiyojining koʻp qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, koʻtarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, ogʻir va energetika uskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va boshqa ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi zavodlardan iborat. RilaRodop togʻlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon togʻlaridagi buk oʻrmon yogʻochlari asosida yogʻochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmogʻi barpo etilgan. Toʻqimachilik sanoatida ip gazlama toʻqish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak ishlab chiqarish rivojlangan.
 
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.daBolgariyada gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. B.daBolgariyada bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, xachir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.
 
== Transporti ==
Ichki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda temir yoʻl (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning ahamiyati katta. Bolgariya larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B.Bolgariya hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlovchi xalqaro temir yoʻl va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari xalqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.
 
== Tashqi iqtisodiy aloqalari ==
B.Bolgariya dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr texnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyoxdigi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.
 
== Tibbiy xizmati ==
B. daBolgariyada 70 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 25 mingga yaqin shifokor ishlaydi. Shifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot intlari tayyorlaydi. Boroves, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinchevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Hisara maʼdanli suv va Tuzla, Pomoriye balchiq bilan davolash kurortlari mashhur.
 
== Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
B.daBolgariyada 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Politexnika va hunartexnika maktablari, bilim yurtlari va texnikumlar bor. Yirik oliy oʻquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Bolgariya fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutubxonasi, unt hamda FA kutubxonalari va boshqa ommaviy kutubxonalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tarix (Pleven shahrida) muzeylari va boshqa bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
B. dagiBolgariyadagi asosiy gaz.lar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gaz., 1990 yil dan), "Duma" ("Soʻz", B.Bolgariya sotsialistik partiyasining kundalik gaz., "Rabotnichesko delo" gaz. oʻrniga 1990 yildan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrogʻi", kundalik gaz., B.Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqining nashri, 1902 yil dan), "Svoboden narod" ("Ozod xalq", haftalik gaz., B.Bolgariya sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 yildan), "Trud" ("Mehnat", B.Bolgariya mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 yildan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 yilda tashkil etilgan) mavjud. 1929 yildan radioeshittirishlar, 1959 yil noyab.dannoyabrdan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
B.Bolgariya adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-asr ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-asr lardagi yozuvchilar — Kliment Oxridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va boshqa ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. B.ningBolgariyaning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-asrlardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-asr 2-yarmida boshlangan B.Bolgariya milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-asrda D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va boshqa ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-asrning 50—70- yillari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi bilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-asrning 90- yillarida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol bilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. 2-jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tarixiy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreyev, B.Bolgariya Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, axloq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.
 
== Meʼmorligi ==
Miloddan avvalgi 4-asrda Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis shahri qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan milodiy 1— 2-asrlardagi Ratsiariya, Eskus va boshqa shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va boshqa shaharlarda 4—9-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hozirgi Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. B.Bolgariya qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poytaxti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poytaxti Tirnovo) da B.Bolgariya meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-asrlar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-asr), Boyan shaharlaridagi ibodatxonalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-asr) qalʼasi diqqatga sazovordir. B.daBolgariyada turklar hukmronligi davrida xalq meʼmorligi kuchaydi. B.Bolgariya turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones shahrida "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "[[Aleksandr Nevskiy]]" ibodatxonasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va boshqa qurilgan. 1934 yilda Sofiya, Varna, Plovdiv va boshqa shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, zavod, fabrika va boshqa binolar qurilishi avj oldi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
B.Bolgariya hududida antik davrga mansub frakiylar qabr toshlari, qad. maqbaralarda noyob devoriy rasmlar (Qozonliqyaqinida, miloddan avvalgi 4— 3-asrlar) va boshqa yodgorliklar, oʻrta asrlardan ajoyib haykallar, mozaika va naqshli keramika buyumlari saqlangan. 12—14-asrlarda rassomlik (Tirnovo maktabi yetakchilik qilgan), kitob miniatyurasi taraqqiy etgan. Turklar hukmronligi davrida xalq ijodi (oʻymakorlik, keramika, kashtachilik) koʻproqrivojlandi. B.Bolgariya milliy badiiy realistik maktabi 19-asr oʻrtalaridan paydo boʻldi (Zahariy Zograf, S. Dospevskiy, X. Sokev, N. Pavlovichlar portret, tarixiy va vatanparvarlik ruhida kartinalar yaratdilar). 1878 yil qoʻzgʻolonidan keyin I. Mirkvichka, Ya. Veshin, I. Angelov, A. Mitov va boshqa rassomlar xalq hayotini haqqoniy ifodaladilar. 20-asrning birinchi choragida manzarachi rassom (A. Mixov, N. Petrov), siyosiy karikaturachi (A. Bojinov), haykaltarosh (A. Nikolayev, I. Lazarov)lar ijod qildilar. 20—30- yillarda demokratik anʼanalarni rassomlardan X. Stanchev, S. Venev, haykaltarosh I. Funev, suratkash I. Beshkov va boshqa davom ettirdi, keyingi vaqtlarda xalq hayotidagi yangi oʻzgarishlarni rassomlarning keksa avlodi (S. Venev, D. Gujenov, V. DimitrovMaystor, M. Markov, B. Mitov, A. Mixov, A. Nikolov, I. Petrov, D. Uzunov, I. Funev va boshqalar) va yoshlar oʻz polotnolarida tasvirladilar. Xalq amaliy sanʼati: keramika, kashtachilik va boshqa ham rivojlanmoqda.
 
== Teatri ==
B.Bolgariya teatr sanʼati tarixi xalq oʻyini va tomoshalaridan boshlanadi. 19-asrda milliy ozodlik harakatining avj olishi bilan B.Bolgariya milliy teatri ham tashkil topa boshladi. 1856 yil da birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1866 yilda Brail shahrida (Ruminiya) dramaturg va rej.rejissyor D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi tashkil qilindi.
 
1883 yil Plovdivda birinchi professional teatr truppasi ish boshladi. 1886 yilda bu yerda "Plovdiv havaskorlik truppasi" tashkil topdi. 1888 yil bu truppa Sofiyaga koʻchib oʻtib, "Bolgar xalq asosiy truppasi" deb ataldi. 1891 yil dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 yil da tuzilgan "Kulgi va koʻz yoshlari" truppasi 1904 yilda xalq teatriga aylantirildi. Keyinchalik "Zarya", R. Popovaning dramatik teatri, Yangi xalq teatri, "Zamonaviy teatr", "Erkin teatr", shuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Bichvarov, A. Bulevskaya kabi sanʼatkorlarning faoliyati katta rol oʻynadi. B.Bolgariya teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning , shuningdek jahon klassik va hozirgi zamon chet el dramaturglarining asarlari oʻrin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delcheva, O. Kircheva, S. Gesov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rej.rejissyor va aktyorlar B.Bolgariya teatr sanʼatining yirik arboblaridir.
 
== Musiqasi ==
Eng qad. xalq qoʻshiqlari marosim, mehnat, qahramonlik, lirik qoʻshiklardan iborat. Xalq odatlarini ifodalovchi xoro, ruchenitsa raqslari boʻlgan. Musiqa folklorida birikki ovozli qoʻshiqlar koʻproq, uchtoʻrt ovozli qoʻshiqlar kamroq uchraydi. Xalq qoʻshiq va raqslarining vazni Yaqin Sharq musiqasi taʼsirida boyigan. Asosiy milliy cholgʻu asboblari — gadulka, gayda, kaval va tambura. Oʻrta asrlarda xalq kuylari va cherkov musiqasi keng tarqalgan, milliy sozanda, bastakorlar yetishib chiqqan. Turkiya asoratidan qutulgach, B. ningBolgariyaning professional musiqa taraqqiyoti uchun qulay sharoit tugʻildi. Xalq qiroatxonalari huzurida xor jamoalari tuzildi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Ye. Manolov, D. Xristov, G. Atanasov kabi dastlabki professional kompozitorlar yetishdi. 1904 yilda Sofiyada musiqa maktabi (1921 yil dan Davlat musiqa akademiyasi, 1954 i. dan B.yildan davlatBolgariyadavlat konservatoriyasi) ochildi, 1908 yilda opera teatri (1921 yildan Sofiya xalq operasi) tashkil etildi. 20-asr boshlarida A. Bukoreshchliyev, D. Xristov, P. Pipkov, Al. Morfov, A. Kristev kabi kompozitor va musiqa folklorchilari asosan xor musiqasi sohasida ishladilar. G. Atanasov "Gergana", "Sveta" kabi dastlabki B.Bolgariya operalarini yaratdi. P. Vladigerov simfonik musiqani boshlab berdi. P. Staynov bilan V. Stoyanovlar simfonik va xor musiqasining yirik ustalaridir. Oʻzbekistonda B.Bolgariya sanʼat ustalari koʻp marta konsert bergan.
 
== Kinosi ==
B. daBolgariyada 1910 yil dan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulgʻor" (rej.rejissyor V. Gendov) 1915 yil chiqdi. B. daBolgariyada birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rej.rejissyor V. Gendov) 1933 yilda namoyish etildi. 2-jahon urushidan keyin B. da milliy kinosanʼat rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3. Jandov kabi rej.rejissyor lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-yillarda "Trevoga" (rej.rejissyor 3Z. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rej.rejissyor A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yoʻl" (rej.rejissyor D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qaxramonlari" (1955), "Tarix sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambagʻal koʻcha" (rej.rejissyor X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rej.rejissyor B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rej.rejissyor D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rej.rejissyor V. Radev), "Inspektor va tun" (rej.rejissyor R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rej.rejissyor L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni koʻtarish, mazmundorlik, taʼsirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. B. daBolgariyada har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari ==
Qator 65:
{{Main|Bolgariya tarixi}}
{|class="wikitable" align="left"
| colspan="3" |
| colspan="4" rowspan="1" style="text-align: center; background-color: rgb(204, 153, 51);" | [[Tasvir:BGgerb2.gif|60px]]-Bulgaria
|-
 
|style="text-align: center;" | [[Birinchi Bolgar Imperiyasi Tarixi|Birinchi Bolgar Imperiyasi]]
|-
 
|style="text-align: center;" | [[Ikkinchi Bolgar Imperiyasi Tarixi|Ikkinchi Bolgar Imperiyasi]]
|-
 
|style="text-align: center;" | [[Usmon Bolgar Imperiyasi|Usmon Bolgariyasi]]
|-
 
|style="text-align: center;" | [[Mustaqil Bolgariya Tarixi|Mustaqil Bolgariya]]
|-
 
|style="text-align: center;" | [[Kommunistik Bolgariya Tarixi|Kommunistik Bolgariya]]
|-
 
|style="text-align: center;" | [[Demokratik Bolgariya Tarixi|Demokratik Bolgariya]]
|}
[[7-chi asrning]] oxirlarida [[Asparuh]] [[Xon]] tomonidan boshqarilgan [[Bolgarlar]] qabilasi [[Bolqonga]] ko'chishadi va u yerda mahalliy [[Slavyan axolisi|Slavyanlar]] bilan birlashib ketib, [[Miloddan Avval|MA]] 681 yilda dastlabki bolgar davlatini tuzishadi. Bu slavyan millatining tarixdagi birinchi davlatidir. [[9-chi asr|9-10-chi asrlarda]] Bolgar imperiyasi Yevropada juda katta kuchga ega bo'ladi va Bolqon yarimorolida hukmronlik qilish uchun [[Vizantiya Imperiyasiga]] qarshi urushlar olib boradi. Lekin 969 yilda Bolgar Imperiyasi [[Kiev Rusi]] tomonidan katta talofat ko'radi va 1018 yilda [[Basil II]] boshchiligidagi Vizantiya Imperiyasi tomonidan butunlay mahv etiladi.