Senegal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k added Category:Senegal using HotCat
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
==Davlat tuzumi==
SSenegal — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001 y. 7 yanv.da maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Abdulay Vad), u umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
==Tabiati==
SSenegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, jan.da daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. S. hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shim.da quruq va jan.da nam iqlim. Oʻrtacha oylik tra yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shim.da 250–300 mm dan jan.da 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproklar koʻproq uchraydi. Shim.da chala choʻl oʻsimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bogʻlarda chiyaboʻri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot koʻp. Qirgʻoq boʻyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.
 
== Aholisi ==
Aholisining koʻpchilik qismini (87%) gʻarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va boshqa xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.
 
Qator 34 ⟶ 35:
 
==Kinosi==
20-a.ning 50y.larida Fransiyada taʼlim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rej.larrejissyorlar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi S. kinematografiyasi boshlanishiga turtki boʻldi. S. mustaqilligi eʼlon qilingach, "Millatning tugʻilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rej.rejissyor P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rej.rejissyor B. Sengor) va boshqa hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy anʼanalar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rej.rejissyor U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va boshqa filmlarida rej.rejissyor eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning oʻsishi muammolarini koʻtarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rej.rejissyor M. Traore), "Bezori" (rej.rejissyor J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rej.rejissyor M. Tiam), "Sertifikat" (rej.rejissyor T.Av), "Getitey" (rej.rejissyor S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi. SENEKA (Seneca) Lutsiy Anney (taxminan mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga s u i q a s d qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. S. stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. S.ning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiydiniy qoʻllanma deb bilgan. "Lutsiliyga xatlar" falsafiy asari, "Himmat haqida", "Rahmshafqat haqida", "Ruhiy xotirjamlik haqida" va boshqa risolalarida tarkidunyo qilish, oʻlim va taqsirni nazarpisand qilmaslik, ehtiroslardan xoli boʻlish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==