Tunis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 53:
 
== Teatri ==
Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari boʻlgan. 13-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari yoyildi. 1826 yil Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 yillarda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893 yil livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning "Antara" spektakli sahnalashtiriddi. 1908 i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga asos soldi, 1913 yil u "AshShaxama alArabiya" va "Aladab" jamoalariga boʻlinib ketdi. 1921—22 ylarda misrlik rej.rejissyor Jorj Abyad "Arab teatri"ni tashkil etdi. 1955 yil ish boshlagan Munitsipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959 yil tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982 yil Drama sanʼati intiga aylantirildi. 1960—70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa sh.larida teatrlar ishlay boshladi. 1960 yildan Monastir shahrida Magʻribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964 yil tashkil etilgan) va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro teatr festivallari oʻtkaziladi.
 
== Kinosi ==
1897 yil Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907 yil doimiy kinoteatr ochildi. 1922 yil Sh. Shikli qisqa metrajli "Zuhra", 1924 yil esa toʻliq metrajli "Ohu koʻzlari" filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida gʻaroyibsarguzasht filmlar — "Etikdoʻz Maʼruf" (1921, rej.rejissyor R. Dessor), "Yasmina" (1926, rej.rejissyor A.Yugon), "Kayruvonlik telba" (1939, rej.rejissyor J.A. Krezi, arab tilidagi birinchi film), "Bim" (1949, rej.rejissyor A. Lamoris) va boshqa yaratildi. 1946—54 yillarda Tunisda "Afrika" kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T. filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan "Tong" (1966), "Qoʻzgʻolonchi" (1967), "Fallohlar" (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-yillarda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi "Sejnan" (rej.rejissyor A. Bin Ammar), Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga oid "Elchilar" (rej.rejissyor N. Xtariy), kichik qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi "Sirtlon quyoshi" (rej.rejissyor R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan "Aziza" (rej.rejissyor A. Bin Ammar), shuningdek, "Kechuv" (rej.rejissyor M.B.Mahmud), "Farishtalar" (rej.rejissyor R. Baxiy) kabi filmlar bor.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->