== Tarixi ==
V. hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a.asr oxiri va mil. 2-a.asr boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida V. hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-a.asr da slavyanlar kelgan. Hoz. vengmojarerlarning ajdodlari mil. davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari 9-a.asr oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi V. hududiga kelib joylashgan. V. davlatining shakllanishida 997 yil xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan I ning taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000 yilda oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-a.asr ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) V. ni vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242 yil da bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.
15-a.asr boshidan V. ga turklar taxdid soldi. Dastlab 1416, 1418 i. larda turklar V. jan.ga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga xalaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Moxach yaqinida mojarlar sulton Sulaymon armiyasilan yengilib (1526), V. ning markaziy va jan. qismi Turkiyaga (150 yil davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shim. qismi Avstriyaga oʻtdi. Mojar dvoryanlari Avstriya monarxi Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. V. ning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858).
18-a.asr dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 yil davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711 yilgi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun V. hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va "maʼrifatli absolyutizm" siyosatiga qaramay, 18-a.asr oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida V. da Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848 yil 15 martda V. Da pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849 yil 5 yanvar da Avstriya qoʻshinlari V. poytaxtiga kirdi. V. ning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867 yil Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-V. monarxiyasini tuzdi.
1 -jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918 yil okt.dagi inqilob natijasida V. mustaqil davlatga aylandi (16 noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919 yil 21 martda V. Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919 yil 1 avg .da agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—44) oʻrnatiddi. V. Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti [[Olmoniya]] fashizmiga xizmat qildirildi. 2-jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944 yil martda gitlerchilar V. ni bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944 yil sentabrda V. olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944 yil 22 dek.da tuzilgan V. muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil 4 apr.da V. olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946 yil 1 fevralda V. respublika deb eʼlon qilindi. 1949 yil dan Mojariston Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956 yil okt.dagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Mojariston sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989 yil da 1949 yil gi konstitutsiya oʻzgartirilib, V. demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989 yil 18 okt.da mamlakat V. Respublikasi deb ataldi. V. 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 3 martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 yil burjua inqilobining boshlanishi; 20 avg . — V. davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23 okt.—1956 yil inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989 yil V. Respublikasi eʼlon qilingan kun.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. V. da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz va olmon tillaridagi kundalik gaz., 1979 yildan), "Kurir" (mustaqil kundalik gaz., 1990 yildan), "Madyar nemzet" ("Mojar millati", kundalik siyosiy gaz., 1938 yil dan), "Madyar xirlap" ("Mojar gazetasi", kundalik siyosiy gaz., 1968 i. dan), "Nepsabadshag" ("Xalq erki", kundalik gaz., 1942 yil dan), "Nepsava" ("Xalq soʻzi", kundalik gaz., 1873 yil dan), "Sabadshag" ("Ozodlik", haftalik gaz., 1990 yil dan), "Kortarsh" ("Zamondosh", oylik adabiy jur., 1957 yildan), "Madyar shayto" ("Mojariston matbuoti", oylik jur., 1960 yildan), "May magazin" ("Zamonaviy jurnal", oylik jur., 1981 yildan). V. telegraf agentligi (MTI) 1880 yilda, V. radiosi 1924 yilda, V. televideniyesi 1957 yilda tashkil etilgan.
Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg "Mojarlarning ishlari" risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — "Qabr ustidagi vaʼz", "Assizlik Fransiskning sarguzashti" asarlari 13—14-a.asr larga mansub. Ya. Pannonius va B. Balashshi 15— 16-a.asr larda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. M. Zrinining "Siget falokati" epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. M. Dyondyoshining epik asarlari 17-a.asr mojar klassitsizmining namunasidir. 18-a.asr da maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda "Agis", "Faylasuf", "Tarimenning sayohati" asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi "Doroteya" hajviy eposi bilan shuhrat qozongan M. Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, M. Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-a.asr ning 40y. larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh "Qishloq notariusi", "1514 yilda Mojariston" romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi. "Pahlavon Yanosh", "Milliy qoʻshiq" epik dostonlarining muallifi Shandor Petyofi mojar sheʼriyatini xalqchillik, demokratizm, realizm goyalari bilan boyitdi. Petyofi sheʼriyati 1848—49 i. lar inqilobida zoʻr ahamiyat kasb etdi. Bu davrda Ya. Aranning Toldi haqidagi poemalar trilogiyasi ("Toldi", "Toldi kechasi", "Toldining muhabbati") va qator sheʼrlarida dehqonlarning feodal tuzumga qarshi noroziliklari ifodalandi.
Mojar adabiyotiga shoir E. Adi katta hissa qoʻshdi. Uning "Mojar dashtida", "Mojar yakobinchisi qoʻshigʻi", "Dyord Doji nevarasi", "Jangovar yoʻl" kabi asarlari jamiyatni qayta qurish ruhi bilan sugʻorilgan. 1- va 2-jahon urushlari orasidagi davrda mojar inqilobiy lirikasining yirik vakili A. Yojef asarlari keng tarqaldi. Ispan milliy ozodlik kurashida general Lukach nomi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Mate Zalka qator asarlarida, shuningdek "Doberdo" romanida ozodlik yoʻlidagi kurashchilar obrazini yaratdi, mehnatkashlar ongining uygʻonishini haqqoniy tasvirladi. V. adabiyotining yirik vakillari L. Meshterxazi, A. Berkeshi, I. Dobozi, L. Erdyosh asarlari yangi insonning shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Tanikli shoirlardan D. Iyesh, I. Shimon, G. Garai lirik asarlari, Y. Darvashning "Badmast yomgʻir" romani va D. Fekyotning "Vrach oʻlimi", F. Shantining "Soat yigirma", I. Erkenning "Totovlar xonadoni" qissalari ijtimoiy mavzuning chuqur tahlil etilishi, ruhiy holat tasvirining teran falsafiyligi bilan V. adabiyotida alohida oʻrin oladi.
== Meʼmorligi ==
V. hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-a.asr larda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-a.asr larda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-a.asr ning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-a.asr oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-a.asr da klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-a.asr oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va b.). 19—20-a.asr boʻsagʻasida mojar "moderni" meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-a.asr oʻrtalaridagi V. meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht sh. larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi. Budapeshtdagi markaziy stadion (meʼmor K. David vab.), binokorlik sanoati kasaba uyushmasi xodimlari uyi (meʼmor L. Gardorash va b.), Dunay daryosiga qurilgan Erjebet koʻprigi (meʼmor P. Shali), Balaton koʻli boʻyidagi mehmonxonalar va b. binolar V. meʼmorligining muvaffaqiyati boʻlib, industrial asosda barpo etilgan.
== Tasviriy sanʼati ==
V. hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-a.asr, Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-a.asr oxirlari, 16-a.asr boshlari) V. sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-a.asr oxiri, 18-a.asr boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-a.asr da portret (M. Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (M. Zichi) rivojlandi. 1848—49 yillardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom M. Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-a.asr oxiri, 20-a.asr boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. M. Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr V. sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. V. ning 20—30-yillar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. Mojariston tasviriy sanʼatini boyitdilar. V. da amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli.
== Musiqasi ==
Mojar xalq qoʻshiqlari bir ovozlidir; qad. ohanglari esa mari,udmurt, chuvash kuylarini eslatadi. Igrits deb ataluvchi mojar xalq baxshidostonchilari haqidagi dastlabki maʼlumot Yu-a.gaasrga taalluqli. Xristianlik rasmiy din boʻlib qolgach (10-a.asr), Grigoriyem xoralining taʼsiri kuchaydi. Professional V. musiqasi (13-a.asr dan) zodagonlar orasida ravnaq topdi. Unda Gʻarbiy Yevropa musiqasi bilan mojar xalq musiqa ohanglari qoʻshildi. 16-a.asr da lyutnya ijrochisi va xonanda Sh. Tinodining tarixiy mavzudagi dastlabki dunyoviy qoʻshiklari, B. Bakfarq kabi sozandakompozitorlarning cholgʻu asarlari nashr etildi. 17—18-a.asr larda V. zodagonlarining koʻpchiligi oʻzlarining xor hamda cholgʻu kapellalari bilan nom chiqarishdi.
18-a.asr oxiridan cholgʻu musiqasining yangi raqsbop janri — verbunkosh taraqqiy etdi. Uning shaklanishida V. loʻli sozandalari katta rol oʻynadi. Keyinchalik milliy musiqaning asosiy uslubi darajasiga koʻtarllgan verbunkosh barcha janrlarga taʼsir qildi. Kompozitor Y. Ruzichka shu uslub zaminida birinchi V. operasi ("Belaning qochishi", 1822) ni yozdi. Oʻz ijodida verbunkosh bilan Italiya operanavislik tajribasini qoʻshgan 19-a.asr atoqli kompozitori F. Erkel "Bank ban", "Laslo Xunyadi", "Dyord Doja" singari milliy ozodlik harakati ruhidagi operalarni yaratdi. Verbunkosh ohanglari Gaydn, Motsart. Betxoven, Shubert, Brams, Berlioz, List singari kompozitorlarni ilhomlantirdi. 1834 yilda dastlabki Milliy musiqa maktabi tashkil topdi. Shuning zaminida F. List Musiqa akademiyasini barpo qildi (1918 yildan List nomidagi Oliy musiqa sanʼati maktabiga aylangan). Peshtda opera teatri (1837), Milliy konservatoriya (1840, keyinchalik oliy musiqa maktabi deb iomlangan) barpo boʻldi. 1853 yil [[Filarmoniya]] jamiyati tashkil topdi. Mashhur pianinochi, kompozitor F. List faoliyati 19-a.asr V. musiqa taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. Bartok, 3Z. Koday singari kompozitor va musiqashunoslar xalq ijodi asarlarini oʻrganib, V. musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 20-a. daasrda F. Legar, I. Kalman, V. Yakobi operettalari olamga mashhur boʻldi. V. musiqasi taraqqiyotida A. Mixay, P. Kadosha, R. Marosh, E. Servanski, F. Farqash, D. Ranki. P. Yardani, Sh. Sokolai, J. Durko singari kompozitor va musiqashunoslarning xizmatlari katta.
== Teatri ==
Teatr kurtaklari 9-a.dagiasrdagi koʻchmanchi mojarlarning uyinlari va marosimlariga borib taqaladi. Qiziqchimasharabozlar va baxshilar oʻziga xos xalq madaniyatining namoyandalari edi. 17-a.asr oxiri — 18-a.asr boshlarida maktab teatrlari rayem boʻldi. 18-a.asr boshida saroy teatr truppalari yuzaga keldi. 1790 yilda birinchi professional teatr tashkil qilindi. 1837 yilda Peshtda "Peshti madyar sinxaz" (Pesti Magyar Színház) nomli doimiy teatr (1840 yildan Mojar milliy teatri) ochildi. V. teatrining shakllanishida aktyorlardan M.’Lendvai, G. Egreshshi, R. Laborfalvi, M. Yasai, rej.rejissyor E. Paulai katta rol oʻynadilar. 19-a.asr oxirida yana bir qator viloyatlarda teatrlar tashkil etildi. 1-va 2- jahon urushi orasida V. teatri chuqur tushkunlikka uchradi. Urushdan keyin yangi teatrlar ishga tushirildi: Budapeshtda Sh. Petyofi nomidagi teatr, M. Yokai nomidagi teatr, Seged, Pech va b. shaharlardagi teatrlar. Rej.Rejissyor lardan T. Mayor, E. Gellert, K. Kazimir, L. Vamosh, aktorlardan G. Bayor, K. Tolnai, A. Shomlai, M. Gabor, É. Rutkai, L. Bashti mashhur.
1925 yilda Budapeshtda turgʻun operetta teatri (1949 yildan Milliy teatr) tashkil qilindi. Balet sanʼati 19-a.asr oxirida paydo boʻlib, 20-a.asr boshida rivojlandi. Budapeshtdagi Milliy teatr qoshida balet maktabi bor. V. da estrada, qoʻgʻirchoq teatri, sirk va sirk maktabi ham mavjud.
== Kinosi ==
19-a.asr oxirida dastlabki xronika filmlari suratga olina boshladi. 1896 i. Budapeshtda birinchi kinoteatr ochildi. 1901 yilda mojar filmi "Rake" (rej.rejissyor B. Jitkovskiy) yaratildi. Shu filmdan ilmiy-ommabop kino tarixi boshlangan. 1912 yil 14 okt.da milliy badiiy kinematografiya yuzaga keldi. 1912 yildan V. filmlari muntazam suratda ishlab chiqarila boshladi. Keyingi yillarda V. da yaratilgan filmlar haqqoniyligi, jiddiy masalalarni koʻtarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. V. kinematografiya ilmiy tadqiqot instituti (1956), Teatr va kino instituti bor. V. da ishlab chiqarilgan koʻpgina badiiy va qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarda mukofotlangan. 60—80-yillardagi eng yaxshi filmlar: "20 soat" (rej.rejissyor 3Z. Fabri), "Ota" (rej.rejissyor I. Sabo), "Noumid" (rej.rejissyor M. Yancho), "Fotosurat" (rej.rejissyor P. Zolnai) va b. I. Pechi, K. Tolnai, M. Gabor, L. Bashti, Ye. Rutkai kabilar V. kinosining mashhur aktyorlaridir.
==Oʻzbekiston — Mojariston munosabatlari==
|