Qirgʻiziston — versiyalar orasidagi farq

k
rej. → rejissyor
k
k (rej. → rejissyor)
 
== Kinosi ==
1939 yil Frunze (hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942 yil uning negizida Frunze kinoxronika studiyasi („Qirgʻiziston 2-jahon urushi davrida“ filmi, 1944, rej.rejissyor D.Erdman va boshqalar)ga asos solindi, 1956 yil hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga aylantirildi, 1961 yildan „Qirgʻiz-film“ kinostudiyasi deb nomlandi. 1950-y, lardan badiiy kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film „Saltanat“ (1955, rej.rejissyor V.P.Pronin, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda)dan keyin „Mendagi xatolik“ (1958), „Olis togʻlarda“ (1959), „Tyanshanlik qiz“ (1960), „Choʻlpon — tong yulduzi“ (1960, „Lenfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda), „Toʻqtagʻul“ (1961) kabi badiiy, „Ular Tyanshanda tugʻilganlar“ (1958), „Toglar daryosi“ (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-yillardan milliy adabiyot namunalari, xususan, Ch.Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirgʻiz kinosida diqqatga sazovor ish boʻldi. Ch Aytmatov asarlari asosida yaratilgan „Dovon“ (1961), „Saraton“ (1963), „Birinchi oʻqituvchi“ (1965), „Jamila“ (1969, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar qirgʻiz kino sanʼatining yutugʻidir. „Karash dovonidagi oʻq ovozi“ (1968), „Issiqkoʻl lolalari“ (1972), „Oq kema“ (1977), „Ilk turnalar“ (1979, hammasining rej.rejissyor B.Shamshiyev), „Yoshligimiz osmoni“ (1966), „Urkuya“ (1970), „Ulan“ (1978; hammasining rej.rejissyor T.Okeyev) kabi badiiy, „Norin kundaligi“ (1971, rej.rejissyor A.Vidugiris), „Pochta“ (1972, rej.rejissyor B.Abdildayev) hujjatli filmlari xalqaro kinofesti-vallarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kino aktyorlardan M.Risqulov, D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, T.Tursunboyeva, S.Choʻqmorov va boshqa mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari ==